I. Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati


 Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi



Yüklə 44,44 Kb.
səhifə4/10
tarix24.04.2023
ölçüsü44,44 Kb.
#102029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991- yil 30- sentabr kuni „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qildi.Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil noyabrda bo‘lgan VIII sessiyasi davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi.Oliy Kengash sessiyasi 1991- yil 18- noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tka¬zish to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi.Qarorda 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish belgilandi.„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?“Referendumda ovoz berish byulleteniga kiritilgan savol ana shunday ta’riflangan edi. Referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi, 7 ming uchastka saylov komissiyasi tuzildi.1991- yil 29- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda 9 898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizireferendumda qo‘yilgan savolga „Ha“, ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.Markaziy saylov komissiyasi „O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida“gi Qonunning 26- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan ma’qullandi, deb topdi. (Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasidan.)1990- yil bahorida Boltiq bo‘yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi.Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi.Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respublikalar — kuchli markaz“ der edilar.Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi.SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi.1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar.1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi



Yüklə 44,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin