Antioksidantlarning foydali xususiyatlari.
Antioksidantlar tanamizdagi erkin radikallarning zararli ta’sirini kamaytirish orqali sog’liq uchun ko’plab foydali ta’sirlarni ta’minlaydi. Antioksidantlarning foydali xususiyatlaridan ba’zilari:
Saraton xavfini kamaytiradi: Antioksidantlar saratonga olib kelishi mumkin bo’lgan erkin radikallar tomonidan hujayralarga etkazilgan zararni kamaytirish orqali saraton xavfini kamaytirishi mumkin.
Saraton (boshqa nomlari: kanser (lotincha: cancer — „qisqichbaqa“), rak (ruscha: рак)) deb hujayralarning atipik oʻsishi aytiladi. Atipik oʻsish bunday hujayralar qarishi yoki jarohatlanishiga qaramay cheksiz koʻpayishi bilan ifodalanadi. Sogʻlom hujayradan farqli oʻlaroq, bunday hujayralarda tabiy oʻlim mexanizmi oʻchirilgan, yaʼni ular toʻxtovsiz boʻlinish jarayonida boʻladi.
Saraton mutatsiyaga uchragan hujayralarga qarab asosiy 4 guruhga boʻlinadi. Karsinoma — epitelial toʻqimalarda, sarkoma — mezenxemal toʻqimalarda, leykemiya — qon ishlab chiqaruvchi ilikda, limfoma va miyeloma — immunitet tizimi hujayralarida va miya va bosh miya hujayralarida atipik rivojlanishni anglatadi. Tabiyki, saratonning „suyuq“ turlari oʻsma paydo qilmaydi.
Koʻkrak saratoni - bu sut bezlari toʻqimalarida vujudga keladigan oʻsimta. Kasallik belgilari: sut bezlari hajmi, shakli yoki tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar, terining oʻzgarishi, koʻkrak atrofidagi toʻqimalardan farq qiladigan zich hosila paydo boʻlishi, koʻkrak yoki uning bir qismining qizarishi, yoxud koʻkrakdan keladigan suyuqlikning oʻzgarishi. Kasallik ildiz otib,chuqurlashganda esa, suyak ogʻrigʻi shishgan limfa tugunlari, nafas qisilishi yoki sargʻish teri (koʻkrak yoki butun tananing sargʻayishi) belgilari kuzatilishi mumkin.
Koʻkrak bezi saratoni rivojlanishi uchun xavf omillari orasida semizlik, jismoniy faollikning yetishmasligi, alkogolizm, menopauza davridagi gormonlarni almashtirish terapiyasi, ionlashtiruvchi nurlanish, birinchi hayz koʻrishning erta boshlanishi, yo kechikishi, yo umuman boʻlmasligi, naslida shu kasallik bilan ogʻrigan bemorning boʻlishi, taxminan 5-10% hollarda odamning ota-onasidan meros boʻlib oʻtgan genetik moyillik natijasidir, jumladan, BRCA1 va BRCA2 genlarida mutatsiyalar mavjudligi bu kasallikning xavf omili hisoblanadi. Koʻkrak saratoni koʻpincha sut yoʻllarining shilliq qavati hujayralarida va bu kanallarni sut bilan taʻminlaydigan lobullarda boshlanadi. Kanallarda rivojlanayotgan saratonlar duktal karsinomalar, lobullarda rivojlanayotganlar esa lobulyar karsinomalar deb nomlanadi. Shuningdek, koʻkrak bezi saratonining yana 18 dan ortiq boshqa kichik turlari mavjud. Masalan, insituduktal karsinoma, preinvaziv lezyonlarda rivojlanadi. Koʻkrak bezi saratoni tashxisi tegishli toʻqimalardan biopsiya olish bilan tasdiqlanadi. Tashxis qoʻyilgach, saraton koʻkrakdan tashqariga tarqaldimi yoki yoʻqligini aniqlash uchun qoʻshimcha testlar oʻtkaziladi va qaysi davolash usullari samaraliroq boʻlishi aniqlanadi.
Tamoksifen yoki raloksifen preparatlari kasallik rivojlanish xavfi yuqori boʻlganlarda koʻkrak bezi saratonining oldini olish uchun ishlatilishi mumkin. Ikkala koʻkrakni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash baʻzi yuqori xavfli holatlarda ayollarda yana bir profilaktika chorasidir. Saraton kasalligi tashxisi qoʻyilgan bemorlarda jarrohlik, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya, gormonal terapiya va maqsadli terapiya kabi bir qator davolash usullari qoʻllanilishi mumkin. Jarrohlik turlari koʻkrakni saqlash operatsiyasi, vamastektomiyani oʻz ichiga oladi. Koʻkrakni qayta tiklash operatsiya vaqtida yoki keyinroq ham amalga oshirilishi mumkin. Saraton tananing boshqa qismlariga tarqalib ketgan odamlarda davolanish asosan bemor hayotini yaxshilashga va kasallikni yengillashtirishga qaratilgan boʻladi. Chunki kasallik ildiz otgan tanada sogʻayish darajasi past boʻladi.
Koʻkrak bezi saratoni kasallikning darajasiga va odamning yoshiga qarab farq qiladi. Angliya va Amerika Qoʻshma Shtatlarda besh yillik omon qolish(kasallik aniqlangandan soʻng besh yil yashash) darajasi 80 dan 90% gacha. Rivojlanayotgan mamlakatlarda besh yillik omon qolish darajasi esa juda past. Koʻkrak bezi saratoni ayollarda saratonning yetakchi turi hisoblanib, dunyo boʻylab kasallangan ayollarning 25% ni aynan koʻkrak bezi saratoni bilan oʻgrigan ayollar tashkil qiladi. 2018-yilda bu kasallik 2 million ayolda aniqlangan va 627 000 oʻlimga sabab boʻlgan.
Yurak sog‘lig‘ini himoya qiladi: Antioksidantlar xolesterolni kamaytiradi va qon tomirlarining sog‘lom bo‘lishiga yordam berish orqali yurak sog‘lig‘ini himoya qiladi.
Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari — yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda koʻp va xilma-xil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi). Yurakning ishemik kasalligi yurak muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz) va boshqalar oqibatida kelib chiqadi.
Arterial gipertoniya yurak-qon tomir kasalliklari orasida eng keng tarqalgani boʻlib, katta yoshli odamlar orasida koʻp uchraydi. U miokard infarkti, insult, yurak yetishmovchiligi kabi koʻpincha oʻlim yoki nogironlikka sabab boʻladigan asosiy patogenetik omil hisoblanadi.
Arterial gipotoniya (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti, kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi.
Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit kam uchraydi. [[Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek, nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi (bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.
Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan, buyrak arteriyasi, miya tomirlari (qarang Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham zararlaydi. Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (masalan, zaxm, sepsis) va allergik (qarang Zardob kasalligi) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi. Klinik shakli obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriti va hokazo. Venalarning varikoz kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan.
Yurak yetishmovchiligi yurakning oʻziga yuklangan toʻla hajmdagi funksional yuklamani bajara olmasligini koʻrsatuvchi patologik belgilar (terining koʻkarishi, nafas qisishi, oyoq shishib qolishi va boshqalar) bilan namoyon boʻladi; biror ish qilayotganda nafas qisib qolishi patologik alomat hisoblanadi.
Oʻtkir yurak yetishmovchiligi — juda xavfli, lekin kamdan-kam uchraydi. U kutilmaganda yoki toʻsatdan nafas qisib, boʻgʻilish (qarang Yurak astmasi) xuruji bilan kechadi.
Koʻpchilik Yurak-tomir sistemasi kasalliklarisk. oqibatida yurak muskulining qisqarish funksiyasi hamda tomirlar devori muskul qavatining qisqarish quvvati susayadi. Natijada organizmda qon aylanishi buziladi. Bu omillarning qay biri ustun boʻlishiga qarab yurak yoxud tomir yetishmovchiligi vujudga keladi.
Yurak-qaon tomir kasalliklari (gipertoniya kasalligi, revmatizm, yurakning ishemik kasalligi)ni muntazam va oʻz vaqtida davolash yurak kasalliklarini oldini olishning eng yaxshi vositalaridan hisoblanib, uni kardiologiya fani oʻrganadi.
Yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash, davolash, oldini olish va boshqalar kardiorevmatologik markazlarda hamda dispanserlarda amalga oshiriladi. davolash reabilitatsiya, yaʼni salomatlikni qayta tiklashdan iborat. Hozirda yurak-qon tomir xirurgiyasi sohasidagi ulkan yutuqlar tufayli yurak hamda yirik tomirlar tuzilishidagi tugʻma va turmushda orttirilgan turli nuqsonlar operatsiya yoʻli bilan davolanadi.
Yallig‘lanishni pasaytiradi: Antioksidantlar organizmdagi yallig‘lanishni kamaytirish orqali yallig‘lanish kasalliklaridan himoya qiladi.
Yalligʻlanish — kasallik qoʻzgʻatuvchi zararli omillar (fizologik, kimyoviy, biologik) taʼsiriga qarshi organizmning murakkab mahalliy nomaxsus himoya reaksiyasi. Shikastlangan soha yallig‘lanish reaksiyasi tufayli organizmning sogʻlom toʻqimalaridan ajralib qoladi; u joyga qondan immun hujayralar kelib, ular har xil destruktiv effektlarni rivojlantiradi. Arteriyalar va kapillyarlarning qon bilan toʻlishi yallig‘lanish oʻchogʻida qizarish va gipertermiyaga, tomirlar oʻtkazuvchanligining oshishi shish va ogʻriqqa sabab boʻladi (nerv oxiriga bosim boʻlganligi hisobiga). Leykotsitlar migratsiyasi (birinchi navbatda, neytrofillarning) va ularning faollashishi atrofdagi toʻqimalarning sitolizi va yiring hosil boʻlishiga olib keladi. Yallig‘lanish oʻchoqlari zararli omilni bostiruvchi asosiy mexanizmlarga fagotsitoz, hujayradan tashqari sitoliz, nomaxsus kontaktli killing hamda komplement tizimining sitolitik reaksiyalari hisoblangan gumoral reaksiyalar kiradi. Shu bilan bir vaqtda yallig‘lanish mahalliy va umumiy immunitetining rivojlanishiga turtki boʻladi. Yallig‘lanish organizmning ilk reaksiyalaridan biri hisoblanib, u organizmni yot jismlardan himoya qilish yoki parchalangan oʻz hujayralaridan tozalash kabi vazifalarni bajaradi.
Yallig‘lanish uchta muhim tarkib (komponent)dan: alteratsiya (hujayra va toʻqimalarning shikastlanishigacha boʻlgan oʻzgarishlari), ekssudatsiya (suyuqlik va qon hujayralarining tomirlaridan chiqishi) va proliferatsiya (hujayralarning koʻpayishi va toʻqimalarning oʻsib ketishi)dan tashkil topgan. Yallig‘lanish reaksiyalarining har qanday koʻrinishlarida bu uch komponent albatta mavjud boʻladi. Ulardan qaysi birining ustunligiga koʻra, yallig‘lanishning uchta asosiy — alterativ, ekssudativ va proliferativ shakli farq qilinadi.
Alterativ yallig‘lanish koʻpincha ichki aʼzolar (yurak, jigar, buyrak)da yuzaga keladi. Yallig‘lanishning bu shakli baʼzi bir allergik reaksiyalar, kuchli toksik (masalan, patogen mikroblar ajratadigan ekzotoksin) modsalar taʼsir etganda, autoimmun jarayonlarda vujudga keladi.
Ekssudativ yallig‘lanish boshqalariga nisbatan koʻproq uchraydi; yallig‘lanish oʻchogʻida tomirlarning tavsifi oʻzgarishi hisobiga tomir devorining oʻtkazuvchanligi oshadi, natijada qonning suyuq qismi va leykotsitlar tomirdan atrofdagi toʻqimaga chiqib, yallig‘lanish oʻchogʻida toʻplanadi (bu suyuqlik ekssudat deb ataladi). Agar ekssudat deyarli tiniq va tarkibida 8% gacha oqsil boʻlsa, seroz yallig‘lanish deb ataladi. Ekssudatda maxsus oqsillar — fibrinogen koʻp boʻlsa, fibrinoz yallig‘lanish deyiladi. Yiringli yallig‘lanishda ekssudatda juda koʻp miqdorda nobud boʻlgan leykotsitlar va boshqalar boʻladi.
Proliferativ yallig‘lanish hujayra elementlarining koʻpayishi, tugunlar hosil boʻlishi bilan ifodalanadi, bu zaxm, sil, toshmali terlama kabi kasalliklarda kuzatiladi.
Yallig‘lanish himoya, moslanish reaksiyasi boʻlsada, maʼlum sharoitlarda organizm uchun hayotiy zarur toʻqimalarning shikastlanishiga olib keladi. Yallig‘lanishning oqibatlari har xil, yalligʻlangan soha butunlay tuzalib ketishi, baʼzan toʻqimalarning talaygina qismiga putur yetgan boʻlsa, yalligʻlangan joy chandiqlanib qolishi ham mumkin. Agar yallig‘lanish ichki aʼzolarda boʻlsa, qoʻshni aʼzolarni bir-biriga tutash joylarida bitishma hosil boʻladi, natijada shikastlangan aʼzo funksiyasi oʻzgaradi.
Yallig‘lanishning har qanday koʻrinishida shifokorga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim. Yallig’lanishning klinik belgilari: Qizarish (rubor) arterial, keyin esa venoz giperemiya rivojlanishi bilan bog’liq. Mahalliy haroratning oshishi(color) yallig’lanish o’chog’ida katabolik jarayonlar intensivligining oshishi, shuningdek arterial giperemiya tufayli to’qimalarga ko’p miqdorda iliq arterial qon kiradi. Shish (tumor) ekssudatsiya mexanizmlariga asoslanadi Og’riq (dolor) yallig’lanish mediatorlari (gistamin, kininlar) tomonidan retseptorlarning tirnash xususiyati, shuningdek ekssudatning mexanik bosimi, atsidoz va giperosmiya natijasida yuzaga keladi. Disfunktsiya (functio leasa) hujayraning shikastlanishi va o’limining natijasidir.
Immunitet tizimini mustahkamlaydi: Antioksidantlar bizning immunitetimizni mustahkamlaydi va tanamizni infektsiyalardan himoya qiladi.
Immunitet (lotincha: immunitas — biron narsadan xalos, ozod qilish, qutulish) — tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi „yot“ omillardan himoyalanishi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi. „Yot“ omillarga bakteriyalar va ularning toksinlari, [viruslar], [zamburugʻlar], sodda jonivorlar, [gelmintlar], koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz xujayralari (masalan, oʻsmasimon hujayralar) va boshqalar kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar — [antigenlar] tutadi.
Organizmni infeksion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati boʻyicha uchga boʻlinadi:
Filogenetik immunitet — anatomik va fiziologik belgilar bilan taʼminlanib, nasldan naslga oʻtadigan nomaxsus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi boʻlib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining koʻpgina yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilariga chidamliligi taʼminlanadi.
Tugʻma immunitet (turga xos, tabiiy) — bir biologik turning maʼlum bir patogen agentga nisbatan chidamligi bulib, nasldannaslga oʻtadi. Masalan, it, qoramol, tovuklarning oʻlat kasalligi qoʻzgʻatuvchilari odamlarga yuqmaydi, oʻz navbatida odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qoʻzgʻatuvchilari hayvonlarda kasallik qoʻzgʻatmaydi. Turga xos immunitet uzoq yillar davomida evolyusiya natijasida makroorganizm bilan patogen mikroorganizmlarning oʻzaro munosabati oqibatida vujudga kelgan.
Orttirilgan immunitet — hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan taʼsirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya boʻlib, nasldan naslga oʻtmaydi.
Orttirilgan immunitet tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy immunitet oʻz navbatida yana ikkiga boʻlinadi:
tabiiy faol immunitet — yuqumli kasallikdan sogʻaygandan soʻng yuzaga keladi;
tabiiy sust immunitet — onadan bolaga yoʻldosh va sut orqali oʻtadi.
Sunʼiy immunitet ham ikki xil boʻladi:
sunʼiy faol immunitet vaksinalar bilan emlaganda hosil boʻladi;
sunʼiy sust immunitet — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan soʻng yuzaga keladi. Orttirilgan immunitet mikrobga qarshi (antibakterial immunitet) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik immunitet) vujudga keladi. Antibakterial immunitet oʻz navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril immunitetda kasallikdan soʻng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (koʻpgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril immunitetda kasallik qoʻzgʻatuvchisi organizmda saqlanib qolishi mumkin (masalan, sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalliklarda), lekin odamda kasallik belgilari kuzatilmaydi, ammo immunitet maʼlum bir sabablarga koʻra susaysa, kasallik qaytalanishi (retsidiv) mumkin.
Adaptiv immunitet bir organizm limfoid hujayralarini ikkinchi organizmga koʻchirib oʻtkazilganda, ularning faolligi hisobiga yuzaga keladi. Masalan, oq qon kasalligida oʻzgargan qon hujayralari oʻldirilib, donor sogʻlom odamdan koʻmik koʻchirib oʻtkaziladi. Toʻqima va aʼzolarni donordan retsipiyentga koʻchirib oʻtkazishda rivojlanadigan qimoya transplantatsion immunitet deb ataladi. Bu himoya koʻchirib oʻtkazilgan toʻqima va aʼzolarning bitib ketmasligiga va ularning nekrozga uchrashiga sabab boʻladi.
Muayyan toʻqima va aʼzoda maʼlum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy immunitet deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun sistema aʼzolarining faolligi hisobiga yuzaga keladi.
Organizmda uni kasallik qoʻzgʻatuvchi har xil mikroorganizmlar va boshqa „yot“ omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning nomaxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik toʻsiqlik vazifasi, limfa tugunlaridagi yalligʻlanish, organizm suyuqliklarining (soʻlak, koʻz yoshi, meʼda-ichak, nafas va siydiktanosil yoʻllarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizotsim, interferon, komplement, properdin kabi omillar) bakteritsid va normal mikrofloraning antagonistik taʼsiri, fagotsitoz qiluvchi hujayralar va tabiiy killerlar faolligi, organizmning fiziologik reaksiyalari va boshqalar.
Nomaxsus chidamlilik qudratli himoya omili boʻlib, makroorganizmning ichki muhiti barqarorligi gomeostazini doimiy ravishda taʼminlab turadi. Organizm limfoid toʻqimalarining „oʻzinikini begonadan“ ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omillar sistemasi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona boʻlgan antigenlarga qarshi immun javob qon limfoid aʼzolarda (immun sistema) maxsus antitelolar va limfotsitlar yordamida amalga oshiriladi.
Bugun profilaktika yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishini oldini olishdan ogoh etuvchi eng samarali chora-tadbirlardan hisoblanadi. Maxsus profilaktika (vaktsinatsiya) — bu aholi oʻziga profilaktik emlanish yoʻli bilan u yoki bu infeksiyaga nisbatan qarshilik koʻrsatish demakdir. Oxirgi 40 yilda profilaktik emlanish qizamiq, difteriya, koʻk yoʻtal, poliomielit, epidemik parotit, “V” gipateti, qizilcha, sil, gripp, epidemik parotit va qoqshol kabi yuqumli kasalliklar bilan kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Maxsus profilaktika usullarini qoʻllash tufayli asosiy yuqumli kasalliklar er yuzidan mutlaqo kamaytirildi, hatto tugatildi ham. Buning hammasi vaksinani qoʻllash evaziga amalga oshirildi. Chinchechak izsiz yoʻqotildi, shol (poliomielit), qizamiq, koʻkyoʻtal, difteriya, tepki kabi kasalliklar esa minimal darajaga tushirildi. Darhaqiqat, har qanday yuqumli kasalliklarning oldini olish, yaʼni yoʻlini qirqishda vaksina, immunzardob va immunoglobulinlar muhim ahamiyatga ega. Bular ichida eng salmoqlisi vaksinadir.
Odam va hayvonning yuqumli kasalliklarigi qarshi immunoprofilaktika va immunoterapiya maqsadida faol immunitet hosil qilishi uchun ishlatiladigan biologik moddalar “vaksinalar” deyiladi. Vaksinalar bir nechta muhim talablarga javob berishi, chunonchi organizm uchun zararsiz, unga yuborilganda tana haroratini oshirmasligi (apirogen), yuqori darajada immunogen, oson yoʻl bilan olinadigan, uzoq vaqtgacha sifati buzilmay va emlashga qulay boʻlishi kerak. Vaksinalar maxsus tanlab olingan viruslarning yoki mikroorganizmlarning shtammlaridan tayyorlanadi. Bunday shtammlar vaksina shtammlari deyiladi. Ular boshqa shu turdagi shtammlardan avirulentligi (zahari past) va yuqor darajada immunitetligi (kuchli immunitet chaqiradi) bilan farq qiladi.
Tirik vaksinalarning kamchiligi ham mavjud: darhaqiqat organizm uchun mutlaqo irsiy jihatdan begona boʻlgan nuklein kislota (oqsil) kiritiladi. Organizmdagi avirulent shtammlar patogenlik (zaharga taʼsir etuvchi) tomonga oʻzgarishi va vaksina tarkibidagi shtammlari oʻstirilayotgan, ekmalardagi begona mikroorganizmlar bilan moslashishi mumkin. Tirik vaksinalarni saqlash muddati juda qisqa. Undan tashqari immuntanqisligi bor odamlarda turli xil noxush asoratlar qoldirishi xavflidir.
Oʻldirilgan vaksinalar yuqori darajada immunitet chaqiradigan zaharli shtammlardan tayyorlanadi. Buning uchun aburulent shtammlar tanlab olinib, fiziologik eritmada suspenziya tayyorlanadi va fizik (qizdiriladi yoki kimyoviy omillar yordamida undan oʻldirilib, undan vaksina tayyorlanadi. Oʻldirilgan vaksinalar tirik vaksinalardan quyidagi xususiyati bilan ustun turadi. Turgʻunligi, xavfsizligi, tez va oddiy uslubda tayyorlanishi, arzonligi, uzoq vaqt saqlanishi hamda bir necha antigenlarni qoʻshish mumkinligidir. Salbiy tomonlari: mikroorganizmlarning toʻliq oʻldirilganligini nazorat qilish qisqa va kuchsiz immunitet chaqirishi, shuning uchun qayta rivaksinatsiya qilish parenterial yoʻl bilan kiritilgani bois mahalliy immunitetning rivojlanmasligi, immunozaif organizmga kiritilganida allergik reaksiyalar berishi mumkin.
Emlash yoshiga va epidemiologik holatga koʻra oʻtkaziladi. Tana harorati koʻtarilganda, ogʻir yuqumli kasalliklardan soʻng, ogʻir kechadigan surunkali infeksiyalarda, yurak etishmovchiligi va baʼzi aʼzolar faoliyati buzilganda, homiladorlik vaqtida, koʻkrak suti bilan emizayotgan paytda, allergik holatlarda, organizmda immunitet tanqisligi kuzatilganida, stress paytida emlash man etiladi.
Vaksinalarga qarshi kuchli immunitet hosil boʻlishi organizmning immun tizimiga vaksinaning tarkibi va sifatiga, toʻgʻri va yetarli miqdorda yuborilganiga, vaksinatsiya va reavaksinatsiya qilish orasidagi vaqtga ham bogʻliq.
Hujayra shikastlanishini kamaytiradi: Antioksidantlar erkin radikallar keltirib chiqaradigan hujayralar shikastlanishini kamaytirish orqali qarish belgilarini kechiktiradi.
Asab tizimini himoya qiladi: Antioksidantlar miya sog’lig’ini himoya qiladi va altsgeymer, parkinson va boshqa neyrodegenerativ kasalliklar kabi kasalliklar xavfini kamaytiradi.
Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga bogʻlagan holda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyutsiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqima — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).
Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysunib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.
Nerv sistemasi qoʻzgʻalish toʻlqini — impulslarni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki miyadan aʼzolarga boradi. Nerv sistemasi harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.
Nerv sistemasi tuzilmalari taʼsirotni sezadi, taʼsirotlar energiyasini nerv qoʻzgʻalishi energiyasiga aylantiradi, bu energiya nerv impulslari shaklida nerv tolalaridan oʻtadi. Nerv sistemasi murakkablashgan sayin va unda maxsus retseptor (sezuvchi) hujayralar ixtisoslashgan sayin Nerv sistemasi funksiyalari tobora turli-tuman boʻlib qolgan.
Nerv sistemasi refleks yoʻli bilan ishlaydi. Organizmda tashki va ichki muhit taʼsirotlarini sezadigan retseptorlar bor. Normal sharoitda organizmga tashqi muhit turli-tuman va doimiy taʼsir kursatishi tufayli retseptorlarda impuls lar vujudga keladi, bular afferent nerv tolalari orqali markaziy Nerv sistemasiga oʻtadi; oʻzgartirilgan impulslar esa markaziy Nerv sistemasidan efferent nerv tolalari orkali ishchi aʼzolar (muskullar, bezlar va hokazo)ga kelib, ularni ishga soladi yoki ishlash tezligini oʻzgartiradi. Nerv sistemasining faoliyati qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlariga asoslangan.
Butun organizm kabi Nerv sistemasida ham moddalar almashinib turadi. Bu biokimyoviy jarayon natijasida energiya hosil boʻladi. Nerv tolalari ishlaganda energiyani juda kam sarf qiladi, nervlarning amalda charchamay, barqaror ishlashiga sabab shu. Nerv hujayralarining tanalarida energiya nisbatan kuproq sarflanadi va moddalar tezroq almashinadi. Shuning uchun oziq moddalar va kislorod kamchiligi miyaning kulrang moddasiga kuchli taʼsir koʻrsa-tadi. Nerv sistemasining faoliyatida bir neyrondan ikkinchi neyronga yoki boshqa hujayraga impuls utishida fiziologik faol moddalar — mediatorlar muhim rol oʻynaydi.
Nerv sistemasining ishlashida biotoklar (bioelektr potensiallari) muhim ahamiyat kasb etadi. Ular qoʻzgʻalish jarayonining harakterli belgisi boʻlib, nerv impulslarining utishida katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasi biotoklarini sezgir asboblar yordamida qayd qilish Nerv sistemasi fiziologiyasini oʻrganishda asosiy usullardan biridir, baʼzan odamdagi Nerv sistemasi kasalliklarini aniqlashda ham bu usul qoʻllanadi.
1. Antioksidantlar orasidagi sinergiya.
Ba'zi polimerlarning termal barqarorligida biscinnamil tiodipropionat (DLTDP) yoki bisstearil tiodipropionat (DSTDP) va sterik to'siq bo'lgan fenollarning qo'llanilishi taniqli misoldir. Sinergiyaning yana bir muhim misoli - polienlarning erish barqarorligini yaxshilashda sterik to'sqinlik qiladigan fenollar va fosfitlarning birikma ta'siri.
2. Zanjirni uzuvchi antioksidantlar yordamida polimerlarning barqarorligi.
Zanjir reaktsiyasida antioksidant aralashuvning reaktiv turlarining reaktsiya mexanizmi, ya'ni segment zanjiri donor mexanizmi (CB-D) va segment zanjiri qabul qiluvchi mexanizmi (CB-A).
3. Pre-antioksidant bilan yuqori polimerning barqarorligi.
Yoki profilaktik koantioksidantlar gidroperoksidlarni erkin radikal oraliq mahsulotlar hosil qilmasdan parchalashi mumkin, shuning uchun ular gidroperoksidlarning erkin radikallarga parchalanishi natijasida zanjirning shoxlanishini oldini oladi.
Xulosa.
Antioksidantlar hujayralarni potensial erkin radikal shikastlanishi va oksidlanishdan himoya qilishga yordam beradi. Antioksidantlarning ta’siri hujayrani tashqi va ichki toksik moddalardan himoya qilishga, to‘qimalarni yangilash va davolashga, saraton shakllanishining oldini olishga, qarish jarayonini inhibe qilishga va tananing qurib ketishiga qaratilgan. Antioksidantlar tanaga ovqat bilan kiradi va organizm doimo zarur bo‘lgan oziq moddalardir.Tanadagi antioksidantlarni yetarli darajada iste’mol qilinmasa, yurak-qon tomir kasallilari, saraaton, katarakt, artirit rivojlanish xavfi ortadi va metabolism buziladi. Atrof-muhitning ifloslanishi ham zararli erkin radikallarni ishlab chiqarishda rol o‘ynashi mumkin. Antioksidantlovchilarni dori shaklida qirq, og‘ir chekish, tez-tez oziq-ovqat, shuningdek, yomon ekologiya sharoitida mehnat qilganlar uchun foydalanish kerak. Onkologik kasallik hisoblangan saraton rivojlanayotgan davrda dori o‘rniga tarkibida antioksidlovchilar bor tabiiy mahsulotlar tavsiya etilgan. Ovqat pishirish - bu insoniyat tarixidagi katta qadam bo‘lib, u lazzatning hazm bo‘lishini va oziq-ovqat sifatini yaxshilaydi. Issiqlik bilan ishlov berish oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda keng qo‘llaniladigan usuldir. Issiqlik bilan ishlov berilgan ovqatlar juda mashhur bo‘lganligi sababli, isitish natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni baholovchi tahliliy tadqiqotlar doimo talabga ega bo‘lgan. Yog‘lar va yog‘lar kabi ba’zi oziq-ovqatlar qizdirilganda termal oksidlanishga uchraydi va peroksidlar kabi birikmalar hosil qiladi. Peroksidlar aldegidlar, ketonlar, epoksidlar, dimerlar va polimerlarga aylanib, oziq-ovqat sifatini pasaytiradi. Oziq-ovqat sanoati bu ta’sirlarni kamaytirish uchun antioksidantlardan foydalanadi. So‘nggi paytlarda antioksidantlarga katta qiziqish bo‘ldi va bu harakatlar jalb qilingan usullarni va ularni oziq-ovqatda qo‘llashni yaxshiroq tushunishga olib keldi. Bundan tashqari, antioksidantlarning oksidlanishi va faolligini baholash va o‘lchash uchun yaxshiroq metodologiyani ishlab chiqish bo‘yicha harakatlar olib borilmoqda.
Antioksidantlar - oksidlovchi o‘zgarishlarning boshlanishini kechiktiradigan oziq-ovqat qo‘shimchalari. Shunday qilib, ular oziq-ovqatning saqlanishiga hissa qo‘shadi, lazzat o‘zgarishini oldini oladi va rangsizlanish va rangsizlanish jarayonlarini sekinlashtiradi. To‘ldirilgan o‘simlik moylarini saqlab qolish uchun limon kislotasi va propil gallat kabi turli xil antioksidantlar qo‘llaniladi. Men kurs ishimda antioksidantlarning turlari, ularning foydali xususiyatlarini yoritib berdim.
Dostları ilə paylaş: |