Blum taksonomiyasiga oid testlar. B.Blum o’quv maqsadlar taksonomiyasiga asos solgan. “Taksonomiya (yunoncha taxis - joylashuv, tartib va nomos - qonun) tushunchasi ob'ektlarning o'zaro tabiiy aloqasi asosida qurilgan va iyerarxik (ko'p bosqichli) qonuniyat bo'yicha joylashtirish, tizimlashtirishni ifodalaydi”.
B.Blum taksonomiyasidan foydalanib pedagog faqatgina ta’lim maqsadini ajratib va aniqlashtirib qolmasdan, balki ularni tartibga keltiradi. B.Blumning maqsadlar taksonomiyasi “bilish”, “tushunish”, “qo'llash”, “tahlil”, “sintez” va “baholash” kabilardan tashkil topadi (2.1- rasm).
2.2- rasm. B.Blumning maqsadlar taksonomiyasi va undagi fe’llar
Informatika darslarida o’quvchilarning bilishini aniqlash uchun “bilish”ga oid, mavzu mazmunini tushunib olganligini aniqlash uchun “tushunish”ga oid, o‘rganilganlarni qo‘llay bilishini aniqlash uchun “qo'llash”ga, jarayonni tahlil qilishini aniqlashi uchun “tahlil”ga, o‘rganilganlarni birlashtirib xulosa chiqarishini aniqlash uchun “sintez”ga va o‘z bilimlarinib hamda axboriy jarayonlarni baholay bilishi uchun “baholash”ga oid testlarni tuzish va o‘quvchilarni biror mavzu yoki fanni bilishi, “tushunishi”, “qo'llashi”, “tahlil qila olishi, sintezlashi va baholay olishlarini aniqlash bo‘ladi.
Kompyuterli testlar va ulardan foydalanish. O‘qitish ko’p qirrali jarayon bo’lib bilimlarni nazorat qilish uning bir qirrasi hisoblanadi. Jamiyatda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan kirib kelishi mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llashni taqozo etmoqda.
Zamonaviy ta’lim tizimida masofali o‘qitish, WWWga yo‘naltirib o‘qitish (WBE-Web Besed Education, WBT-Web Based Training), WWW- testlash (ba’zan Internet testlash) kabilardan faqat o’quvchini baholash uchungina emas, balki o’zini-o’zi nazorat qilish, o’zini-o’zi baholash va o’zini-o’zi testlashlarda ham foydalaniladi.
Elektron testlar-server va kompyuterlarda saqlangan, dasturlar bilan ishlov berilgan va ta’lim oluvchilarni nazorat va baholash uchun kompyuter yoki telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlar berilishi o‘rganilgan matnni talabaning qanchalik darajada o‘zlashtirganligi, o‘zini-o‘zi baholash imkonini beradi.
Kompyuterli testlar о‘quv materialini о‘quvchilar tomonidan qanday darajada о‘zlashtirishini kompyuter dasturlari orqali nazorat qilish uchun mо‘ljallangan bo’lib, hozirgi kunda bunday test dasturlaridan: EasyQuizzy, Adestest, MyTest, iSpring va hokazolardan foydalanilmoqda. Ba’zan pedagogik dasturiy vositalar tarkibida ham maxsus testlashtiruvchi dasturlar mavjud bо‘ladi. Masalan, Moodle, TurboSayt va h.k.