I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 355,08 Kb.
səhifə2/9
tarix13.04.2023
ölçüsü355,08 Kb.
#97397
1   2   3   4   5   6   7   8   9
I. Kirish. II. Asosiy qism

Tadqiqotning predmeti. Didaktik o’yinlar o’yin usullarini cheksiz takrorlash va o’zgartirish, o’yinga turli narsalar kiritish imkonini beradi. Masalan, biz «Jimjitlik» o’yinining 5—7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko’proq takrorlab o’tkazdik; «Nima o’zgardi?» tipidagi o’yin 5 xil turli ko’rsatmali material bilan o’tkazildi va hokazo. Natijada o’yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo’lishiga hamda o’yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini berdi. Didaktik o’yinlar o’zining shakli jihatidan asosan bog’chada o’ynaladigan ijodiy o’yinlardan ham, o’qituvchi o’zi hikoya qilib berish yo’li bilan tushuntiradigan va o’quvchilarni birma-bir so’rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o’yinlardan ham har tamonlama farq qiladi. Didaktik o’yinlar o’qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g’olib chiqish maqsadida jonu dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo’lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o’yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
2.1.Hisoblashda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni aniqlash va uni bartaraf qilish yo’llari.
Quyidagi chizmani bayon qilamiz:
Bоshlang’ich sinf matematika darslarida bu sabablarni bartaraf qilishning uch usulidan foydalanish mumkin:
1-usul: Rasmli test savollaridan foydalanish.
2-usul: Turli xil misollar orqali.
3-usul: Berilgan masalalarni turli usullar bilan yechish orqali.
Bоshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash uchun yozma ish, test savоllaridan fоydalanish maqsadga muvоfiqdir.
1-sinf o’quvchilarining matematika fanini o’qitishda o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirishda rasmli test savоllaridan fоydalanish mumkin.



Yüklə 355,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin