14.O'rinbosar kavragi - Ferula zameshayushaya -Ferula vicaria Korovin Makomi . Farg'ona vodiysining janubiy adirlarida o'suvchi kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Ko'p yillik monokarp o't o'simlik. Ildizida sharsimon yog'onlashgan joylari bor. Poyasi, bir nechta bo'lib, ko'kimtir rangda, ingichka, 2 m gacha balandlikda, qalqonsimon shoxlangan. Barglari kalta, mustaxkam tukli, 3-4 karra patsimon qirqilgan, uchidagi bo'laklari ingichka 28 -uzunchok, 0,5-2 sm uzunlikda; poya barglari naysimon, o'rama barglargacha reduksilangan. Soyaboni 2-5 shu‘lali; soyabonchalari 7-8 gulli. Kosachasi tishchasiz. Gultojibarglari deyarli yassi, keng ovalsimon, och yashil-qo'ng'ir. Mevasi teskari tuxumsimon, 4,5-6 mm uzunlikda. Iyun-iyul oylarida gullab, meva hosil qiladi. Tarqalishi. Turkiston va Oloy tizmalari etaklarida tarqalgan. O'sish sharoiti. Tog' etaklarida, toshloqlarda, gipsli tub jinslarda va boshqa tog' jinslarida o'sadi.Soni. Aniqlanmagan. Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Tog' etaklaridagi yerlarning tinimsiz o'zlashtirilishi hamda chorva mollarining ko'plab boqilishi tufayli kamayib bormokda. Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma‘lumotlar yo'q. Muxofaza choralari. Muxofaza qilinmaydi.
14- rasm. O'rinbosar kovrak- Ferula zameshayushaya - Ferula vicaria Korovin 15.Olay xiyoli-Puzranitsa alayskaya-Physochlaina alaica korothova ex Kovolevsk 29 Maqomi Oloy va Turkiston tog'lariga mansub juda kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 50 sm ga yetadigan, ko'p yillik o't. Poyalari ko'p, tik, yoyiq siyrak, oddiy va bezchali tuklar bilan qoplangan. Barglari uzun bandli, keng tuxumsimon, yaprog'ining uzunligi 5-10 sm, eni 4-8 sm, ustki tomoni deyarli tuksiz, pastki tomoni tomirlari bo'ylab siyrak tuklar bilan qoplangan. Gullari qisqa (0,5 sm), mevasining yeilishiga qarab uzayib boradigan, bezchasimon tukli bandlarda o'rnashgan. To'pguli yoyiq, yuqori qismi kallakchasimon. Kosachasi bezchasimon tukli, uzunligi 0,5 sm. Gultoji qo'ng'iroqsimon uzunligi 10-15 mm, hira pushti rangli. Mevasi ko'sakcha, uzunligi 10-12 mm. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi.Tarqalishi. Farg'rona viloyati: Oloy tizmasida, Shoximardon va Sux daryolarining havzalarida uchraydi. Qirg'iziston, Tojikiston (Turkiston tizmasi: Vorux, Xo'jabaqirgan qishloqlari atroflari) da ham tarqalgan. O'sish sharoiti. Dengiz satxidan 1800-2000 m balandlikda qoyalarning soyalari, butazorlarning taglari, archazorlar va ochiq yerlarda o'sadi.Soni. Juda siyrak tarqalgan. Turli yoshdagi o'simliklarning umumiy soni 8000 tupdan oshmaydi. Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Mahalliy aholi tomonidan dorivor o'simlik sifatida ko'plab ishlatilishi sababli kamayib ketgan. Madaniylashtirilishi. Tabiiy sharoitda ekib o'stirilganda ijobiy natija bermagan. UzR FA Botanika bog'ida 1973 yildan buyon o'stirib kelinadi. Muxofaza choralari. Maxsus muxofaza choralari ishlab chiqilmagan. .