10- rasm. Angren tangao'ti - Kopeechnik angrenskiy - Hedysarum angrenicum korotkova 24 11.Vinkler gulsafsari-Iris Virnklera-Iris Winkler Regel Maqomi .G'arbiy Tyan-Shanga xos juda kamyob, areali bo'lingan tur. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 20 sm gacha etadigan ko'p yillik piyozli o't. Piyozining qobig'i qora, qog'ozsimon. Ildizoldi barglari 4 ta, chiziqli, eni 1-2 mm, o'roqsimon egilgan. Guli yakka, gulqo'rg'oni barglarining uzunligi 4 sm atrofida, binafsha rangli. Aprel-may oylarida gullab, meva beradi. Tarkalishi. Toshkent va Namangan viloyatlari: Chotqol va Qurama tizmalari Angren daryosining yuqori oqimida tarqalgan. O'sish sharoiti. Tog'larning yuqori qismidagi maysazorlarda o'sadi.Soni. 15 ta joyda o'sishi aniqlangan. Umumiy soni hakida ma‘lumotlar yo'q Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi .O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Bu turning kamyobligi sababi, uning muayyan tuproq va iqlim sharoitiga moslashganligida bo'lsa kerak. Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma‘lumotlar yo'q Muxofaza choralari. Maxsus muxofaza choralari ishlab chiqilmagan. Areali va sonini aniqlash lozim 11- rasm. Vinkler gulsafsari - Iris Vinklera- Iris winkleri Regel 25 12.Mayda mevali dorema-Dorema melkoplodnaya-Dorema microcarpum Korovin Maqomi 2. G'arbiy Tyan-Shan va Shimoliy Pomir-Oloyda o'suvchi o'ta kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 1-2 m gacha yetadigan ko'p yillik o't. Barglari kulrang tusda bo'lib, qirrali butun hamda yarmigacha kesilgan kichik bo'lakchalarga to'rt karra patsimon shaklda bo'lingan. Bargining har ikki tomoni kalta-kalta tukchalar bilan qoplangan. Soyabonchalari qisqa shoxchalarda bittadan yoki ikkitadan bo'lib ketma- ket o'rnashgan. Soyabonchalaridagi gullari 10 tadan. Mevasi mayda-mayda, uzunligi 6-7 mm. May oyida gullab, iyunda meva beradi. Tarqalishi. Namangan va Farg'ona viloyatlari: G'arbiy Tyan-Shanda -Chotqol tizmasida (Quqonbiy va Tergachi qishloqlari oralig'i); Oloy tizmasi (Shoximardon)da tarqalgan. Qirg'izistonda ham uchraydi.