O'sish sharoiti. Dengiz satxidan 1200-1600 m balandlikdagi tog' yonbag'irlarida qizil qumtoshlarda, mayda jinsli va shag'alli tuproqlarda o'sadi. Soni. Yakka-yakka xolda yoki bir nechta tup o'simlikdan tashkil topgan kichik tuplar hosil qilib o'sadi. Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Yangi yerlarning o'zlashtirilishi va ko'plab chorva mollarining boqilishi uning ko'payishiga salbiy ta‘sir ko'rsatmoqda. Madaniylashtirilishi. O'zR FA Botanika bog'ida o'stirilgan. Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. 20 Tabiatda kamayib ketish sabablarini aniqlash uchun uning biologiyasini va ekologiyasini o'rganish lozim.
7 rasm. Yulingan astragal -Astragal oborovanniy -Astragalus rhacodes Bunge 8- Qi'zg'ish astragal -Astragal krashovotiy -Astragalus rubellus Gontsch Maqomi 1. Farg'ona vodiysidagi nixoyatda kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 35 sm gacha yetadigan oq momiq tukli, poyasiz, ko'p yillik o't. Bargi 30-35 sm uzunlikda, xurpaygan qalin tukli, bargchalari 14-18 juft, yumaloq-tuxumsimon. Gulpoyasi 15 sm uzunlikda, qisqa xurpaygan qalin tukli. Gulpopugi 11-18 sm, 8-15 ta qizil gullardan tarkib topgan. Dukkagi shishgan, tuxumsimon, uzunligi 2 sm, qayishsimon, siri bo'rtiq chokli. Aprel-may oylarida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi.Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Farg'ona vodiysining Yozyovon cho'lida, Qo'qon shahri atrofidagi bo'z yerlarda va Qoraqalpoq qishlog'i 21 tevaragida o'sadi. O'sish sharoiti. Qum uyumlari orasida, sho'rlangan qumlarda ko'proq o'sadi. Soni. Juda kam uchraydigan tur. U faqat o'zlashtirilmay qolgan qum uyumlari orasidagina saqlanib qolgan. Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Qishloq xo'jaligi uchun o'zlashtirilgan maydonlar hisobiga arealida o'zgarishlar yuzaga kelib, soni keskin kamayib ketgan.