I kirish II. Asosiy qism


"Qizil kitob"ga kiritilgan o'simliklar



Yüklə 376,17 Kb.
səhifə8/22
tarix17.09.2023
ölçüsü376,17 Kb.
#144574
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Suvxanova Zeyneb botanika

2."Qizil kitob"ga kiritilgan o'simliklar
Respublikamiz qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, odamlar xo‘jalik faoliyati olib boradigan hududlarda ko‘plab yovvoyi turlarning tabiiy zahiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho dorivor o‘simliklar – yetmak, bozulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Buxoro otostegiyasi, yirik gulli ostrovskiya, Minkvits teziumi kabi bir qator relikt turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.
Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati tabiiy sharoitda o‘sadigan o‘simlik turlarining kamayib ketishiga eng asosiy sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunga kelib yirik shaharlar va qishloqlarimiz atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Farg'ona vodiysi boyicha O'zbekiston respublikasi «Qizil kitobi»ga 48 tur o'simlik kiritilgan, quyida ularning bioekologiyasi keltirilgan.
11
1.Knorring isfaragi Delphinium knorringianum V. Fedtsch.
Maqomi 2. Oloy tizmasidagi kichik maydonda tarqalgan kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 35-45 sm ga etadigan o'q ildizli, ko'p yillik o't.Barglari, asosan, poyasining pastki qismida joylashgan. Bargbandi uzun, pastki qismi biroz kengaygan, yaprog'i yumaloq-buyraksimon, 5 ta panjasimon bo'lakka ajralgan, bo'laklari teskari tuxumsimon, ular ham, o'z navbatida, biroz qirqilgan. Poyasi kamshoxli, 5-7 gulli. Gulkosasi och binafsha rangli, keng ellips tuxumsimon, pixlari ingichka, uzunligi 2,5 sm, uchi ikkiga ajralgan. Iyun oyida gullab, iyul oyida meva tugadi.
Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Shoximardon daryosi havzasi, shuningdek, Qirgizistonda dam uchraydi (O'sh viloyati).
O'sish sharoiti. Tog'larning pastki va o'rta qismidagi yonbagirlarda va qoyalarda o'sadi.
Soni. Tabiatda yakka-yakka yoki to'p-to'p bo'lib o'sadi. Umumiy soni aniqlanmagan.

Yüklə 376,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin