I. Kirish II. Asosiy qism


Pedagogik kuzatish metodi



Yüklə 42,22 Kb.
səhifə3/8
tarix06.10.2023
ölçüsü42,22 Kb.
#152675
1   2   3   4   5   6   7   8
Mirzabekova G Mustaqil ish

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo‗llash jarayonida, ta‘lim muassasalarining o‗quv-tarbiya ishlari jarayonini o‗rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo‗lga kiritilgan ko‗rsatkichlar o‗rtasidagi farq to‗g‗risidagi ma‘lumotga ega bo‗linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‗lga kiritish mumkin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta‘lim-tarbiya sifatini oshirish, o‗quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‗l qo‗ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi: 1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‗lga qo‗yish; 3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; 4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‗rganish; 5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik. Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‗lingan ma‘lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‗g‗ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub‘ektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda indiviudal, guruhli hamda ommaviy shaklda o‗tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to‗la-to‗kis namoyon bilishga erishish muhimdir. Uning samarali bo‗lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash hamda savollar o‗rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta‘minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma‘lum to‗xtamga kelish;
4) suhbatdosh to‗g‗risida avvaldan muayyan ma‘lumotlarga ega bo‗lish;
5) suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo‗lish;
6) suhbatdoshning o‗z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma‘lumotlarni o‗z vaqtida tahlil qilish.

Anketa metodi (fransuzcha – tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‗plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko‗p hollarda, yozma ravishda olinadi. O‗rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‗ladi: 1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);


2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‗q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).


Anketa metodini qo‗llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:
Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etilayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta‘minlaydi. Intervyu respondent e‘tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o‗tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.
Ta‘lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta‘lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma‘lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta‘lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o‗rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo‗l qo‗yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‗or tajribalarni ommalashtirish va ta‘lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‗llaniladi.
Ta‘lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi hujjatlar quyidagilardan iborat: O‗quv mashg‗ulotlarining jadvali, o‗quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o‗quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig‗ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta‘lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‗quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta‘lim muassasasi jihozlari (o‗quv partalari, stol stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.
Mazkur metod muayyan yo‗nalishlarda o‗quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o‗quvchilarda hosil bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalar hajmi, ilg‗or pedagogik tajribalar mazmunini o‗rganishda muhim ahamiyatga ega.
Test metodi. Ushbu metod respondentlar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo‗yicha o‗zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‗nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o‗z mohiyatiga ko‗ra quyidagi savollardan iborat:
1) ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2) yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo‗q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).


3) to‗g‗ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o‗z yondashuvlariga ko‗ra to‗g‗ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).
Test metodini qo‗llashda aniqlanishi zarur bo‗lgan bilim, ko‗nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e‘tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo‗yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o‗z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.
Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‗llashdan ko‗zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‗nalishlarda o‗rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‗lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‗oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Bolalar ijodini o‗rganish metodi. Mazkur metod o‗quvchilarning muayyan yo‗nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma‘lum fan sohalari bo‗yicha bilim, ko‗nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo‗llaniladi. Uni qo‗llashda o‗quvchilarning ijodiy ishlari – kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita bo‗lib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma‘lum o‗quvchiga xos bo‗lgan individual imkoniyatni ko‗ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Bolalar ijodini o‗rganishning quyidagi shakllari mavjud:
1) fan olimpiadalari;
2) turli mavzulardagi tanlovlar;
3) maktab ko‗rgazmalari;
4) festivallar;
5) musobaqalar.

Pedagogik tajriba (eksperiment – lotincha «sinab ko‗rish», «tajriba qilib ko‗rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o‗rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o‗z in‘ikosiga ega bo‗la olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo‗naltirilgan pedagogik tajriba ma‘lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.


Shaxs tushunchasi shaxsga taalluqli bo‗lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‗lgan jamiyatning a‘zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‗lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‗zini yaxlit shaxs sifatida his etishi, o‗z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‗i kerak.
―Individ‖ nima? Bola ma‘lum yoshga qadar ―individ‖ sanaladi. Individ (lotincha ―individium‖ so‗zidan olingan bo‗lib, «bo‗linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma‘nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning o‗ziga xos xususiyatlari bo‗lib, uning namoyon bo‗lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o‗rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo‗lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv o‗quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‗lgan qiziqish hamda iste‘dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi xizmatlarining iste‘molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta‘riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va ma‘naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‗lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‗nalishi bo‗yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‗ladi. Ana shular ta‘sirida odam shaxs sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o‗zi nima?
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‗sishida namoyon bo‗ladigan miqdor va sifat o‗zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir.

Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‗tish, yangilanish, yangining paydo bo‗lishi, eskining yo‗qolib borishi, miqdor o‗zgarishining sifat o‗zgarishiga o‗tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‗rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi shaxs ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta‘limotga asoslanadi. Ayni vaqtda shaxs tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta‘sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‗lmaydi.


Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta‘sir etadi.
Shaxs butun umri davomida o‗zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‗lsa, u jamiyat a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‗ziga munosib o‗rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta‘siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‗g‗ri ko‗rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‗g‗ri hal etish uchun uning xulqiga ta‘sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta‘sir etishi uchun o‗sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‗rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.
Shaxsning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. Chunki har bir shaxs o‗z mehnati, g‗ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O‗qituvchi qanchalik yaxshi o‗qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o‗zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma‘naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham shaxsning o‗z faoliyatini to‗g‗ri yo‗lga qo‗ymaganligidadir. Shuning uchun ham shaxs faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‗lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta‘lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta‘siri kuchli bo‗ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‗g‗ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‗qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‗sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‗ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‗tganlar.
Bolaning o‗ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‗lishi mumkin.
Masalan, ko‗rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‗ayrat yoki g‗ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig‗inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta‘siri bo‗lib, o‗qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o‗ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‗ziga xos xususiyatini o‗rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma‘nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Kichik maktab yoshida o‗yin faoliyatining o‗rnini endi o‗qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‗tish davri bo‗lib, bolaning bo‗yi, og‗irligi jihatdan uning tashqi ko‗rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‗sishi tufayli serharakat bo‗ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. Jismoniy o‗sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‗rganishga qiziquvchan bo‗ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o‗quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo‗ladi, his-tuyg‗ulari mazmuni o‗zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
Turli to‗garaklarga 21 foiz o‗smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug‗ullanadi. 40 foiz o‗quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo‗q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o‗smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o‗z ixtiyorlari bilan qanday o‗tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o‗tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o‗smir vaqtini o‗z holicha o‗tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko‗radi, 50 foizi sport bilan shug‗ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga boradigan o‗smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O‗z-o‗zini tarbiyalash natijasida o‗g‗il bolalar kuchli, erkin, e‘tiborli, jasur; qizlar esa – o‗ta ko‗nikuvchan, kamtar va jiddiy bo‗la boshlaydilar.
Shuning uchun o‗smirga o‗z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o‗smirda burch hissi, mas‘uliyatni his etish, vazminlik paydo bo‗la boshlaydi. Muhimi, o‗smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo‗lib qolganligini tan olish zarur.
Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta‘lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog‗liq bo‗lgan holat va hodisalar o‗rgatiladi. Bu jarayonda o‗quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o‗zaro munosabatda bo‗ladi. Ular ma‘lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko‗rsatma) orttiradilar, ya‘ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me‘yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o‗rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a‘zosi bo‗lish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta‘sir etadi. Bu ta‘sir ta‘lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g‗oyalar, ijtimoiy muhit ta‘sir ko‗rsatadi.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan shaxs jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to‗sqinlik qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba‘zan aksi ham bo‗ladi: to‗liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba‘zi salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko‗rsatmaydigan odamlar ham mavjud.Bu holat ko‗p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o‗qituvchilar hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik shaxsparvarlik g‗oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin. Zero, O‗zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta‘kidlab o‗tilganidek, uzluksiz ta‘limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta‘limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta‘lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma‘naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.



Yüklə 42,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin