3. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda oila maktab hamkorligi. Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi ‖Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi‖ bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.
Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir.Prezidentimizta‘kidlaganidek:
birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimiznianglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllanagan ezguorzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglashsingdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash
O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga;