I kirish II. Asosiy qism



Yüklə 69,37 Kb.
səhifə11/17
tarix02.03.2023
ölçüsü69,37 Kb.
#86155
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Mavzu

Shakllar bilan tanishuv

Shakllar-Формы” foydalanuvchilarga MB jadvallariga kirib yurmasdan ularga ma’lumotlar kiritish imkonini beradi. Qolaversa, shakllar so’rovlar ishining natijalarini yozuvlari zich joylashgan natijaviy jadval ko’rinishida emas, balki chiroyli bezalgan ko’rinishda namoyish qiladi. Aytilganlarga ko’ra, shakl tuzilmasini formatlashning jadval asosidagi va so’rov asosidagi turlari mavjud bo’lib, ularning ikkisini muvofiqlashtirilgan holda ham ishlatish mumkin. MB shakllari, odatda, avtomatlashtirish vositalari yordamida tayyorlanadi. Ulardan biri avtoshakl deb nomlangan vositadir. Avtoshaklning uch turi ya’ni “ustunlardagi“ avtoshakl, lentali avtoshakl hamda jadvalli avtoshakl deb ataluvchi turlari qo’llaniladi.


rasm 5

Ko’rinib turganidek, “ustunlardagi” avtoshakl bitta qaydning barcha maydonlarini o’zida aks ettiradi. Avtoshaklning bu turi ma’lumotlarni kiritish va taxrirlash uchun juda qulaydir. Avtoshaklning “lentali” turi esa birdaniga bir necha yozuvlarni aks ettirishga mo’ljallangan bo’lib, undan natijaviy ma’lumotlarni ko’rgazmali ifodalash uchun foydalaniladi. Rasmdagi jadvalli aftoshaklning izohi o’zi bilandir.
Avtoshaklni yaratish uchun “База данных“ oynasidagi “Формы“ panelini ochish kerak va “Создать“ tugmasini bosish kerak. Ekranda paydo bo’lgan “Новая форма“ nomli muloqot oynasida avtoshakl turi va u asoslanayotgan jadval yoki so’rov tanlanadi. OK tugmasi bosilgan zahoti avtoshakl avtomatik tarzda shakllanadi va ma’lumotlarni kiritishga yoki aks ettirishga tayyor turadi.
Ta’kidlash joizki, avtoshakl faqat bitta ob’ektga asoslanadi. Shakl yaratishning boshqa vositalari shakl tuzilmasi asosiga bir nechta jadvallarning maydonlarini va so’rovlarini qo’yish imkonini beradi. Demak, shakllarni sodda va murakkab turlarga bo’lish mumkin. Bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardagi maydonlarga asoslanuvchi, shuningdek, shakllarning birlashmasini o’zida ifoda etuvchi shakllarga murakkab shakl deya olamiz. U holda avtoshakllarning har qanday ko’rinishi sodda shaklga misol bo’ladi.
Avtomatlashtirilgan vositalar qatorida MB ni ishlab chiquvchi bilan muloqat tartibida shakl tuzilmasini yaratuvchi
“Мастер форм“ nomli maxsus dasturiy vosita ham mavjud. “База данных“ oynasidagi “Формы” panelida joylashgan “Создание формы с помощью мастера“ nomli tugmani bosish bilan ishga tushiriladi. Shakllar ustasi bilan muloqot jarayonida, avval, tuzilajak shakl tarkibiga kiruvchi jadvallar va maydonlar tanlab olinadi, keyin, shaklning tashqi ko’rinishi, so’ngra, shaklni bezash uslubi tanlanadi va nihoyat, shaklning biror nomi ostida saqlanishi amalga oshiriladi. To’ldirilgan shakl tuzilmasini ko’rishga kelgusida ehtiyoj paydo bo’lib qolishi hisobga olinsa, muloqotni yakunlashdan oldin, “Изменить маркет формы“ doirachasini faollashtirib qo’yish mumkin.
Shakl tuzilmasi

Ayni vaktda siz o’z kompyuteringizdan foydalaning. O’zingiz tuzgan shaklni yana bir bor konstruktor rejimida oching. Ko’rib turganinggizdak shakl «Заголовок формы» nomli sarlovha soxasi «Область данных» ma’lumotlar soxasi xamda «Примечание формы» nomli izoxlar soxasiga bo’linadi. Bu soxalarning o’lchamlari ehtiyojga qarab sichqoncha orqali odatdagi amallar bilan o’zgartirilishi mumkin ya’ni uning uchun soxa chegarasiga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelinadi va kursor orqali kerakli kattalik beriladi. Shakl tuzilmasidagi yukoridagi garizontal chizg’ichning chap uchida o’rtasi kora kvadratchali marker-shakl markeri bo’lib, uni deyarli uzluksiz ikki bora bosish bilan shakl tuzilmasiga oid xossalar jamlangan oynani ochgan bo’lamiz. Xuddi shunday usulda shaklning har bir bo’lagiga, ustyozuvlariga va maydonlariga tegishli xossalar bilan tanishamiz va ularni o’zgartirishimiz mumkin.

Yüklə 69,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin