MBning maydonlari baza tuzilmasiini belgilashi bilan bir qatorda, muayyan maydonga tegishli katakchalarga yozilib boruvchi ma’lumotlar uchun umumiy bo،lgan xossani ham aniqlab beradi. Maydon xossasi tushunchasi MBga oid iboralar ichida etakchi o،rin tutadi.
Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Shu boisdan, maydon xossalarining asosiylarini qisqacha tavsiflab o،tamiz.
Maydon nomi (имя поля) - baza bilan avtomatik amallar bajarilayotgan paytda mazkur maydonning ma’lumotlariga qay tarzda murojaat etish kerakligini ta’minlovchi xossa. Maydon nomlari jadval ustunlarining sarlavhalari sifatida ishlatilishi mumkin.
Maydon turi (тип поля) - berilgan maydon tarkibidagi ma’lumotlarning turini bildiradi.
Maydon o’lchami (размер поля)- berilgan maydon katakchalariga sigishi mumkin bo،lgan ma’lumotlarning maksimal uzunligini belgilovchi xossa.
Maydon formati (формат поля) - maydonga tegishli katakchalaridagi ma’lumotlarni formatlash usulini aniqlab beradi.
Ma’lumot kiritish niqobi (маска ввода) – bu xossa ma’lumotlarni kiritishning avtomatlashtirish vositasi bo،lib, maydonga kiritiladigan ma’lumotlarni qanday shakl orqali bajarilishini aniqlaydi.
Imzo(подпис) - jadvalda maydonga mos ustunning sarlavhasini aniqlovchi xossa. Agar imzo alohida ko،rsatilmasa, uning o،rnini “maydon nomi” egallaydi.
Oldindan berilgan qiymat (значение по умолчанию) -ma’lumotlar kiritishning avtomatlashtirilgan vositasi bo،lib, bunda maydon katakchalariga avtomatik yozilib qoluvchi qiymat anglanadi.