Shakllar MBga yangi ma’lumotlarni kiritish xamda mavjudlarini ko’rib chikishga mo’ljallangan vositadir. Foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina ma’lumot kirita oladi. Loyixachilar esa ma’lumot kiritishni tezlatish, avtomatlashtirish maksadida shaklga maxsus boshkaruv elementlarini (schetchiklarni, doirachalar, kvadratchalar, yoyiluvchi ro’yxatlar va boshqalarni joylashtiradi. Shaklarning avzalliklari ma’lumotlarni to’ldirilgan blanklar orqali kiritish amalga oshirilganda yanada yakkol nomoyon bo’ladi. Bu xolda tayyor blankdagi barcha narsalar (bezaklar va boqalar) grafik vositalar ko’magi bilan shaklda mutloqo aynan aks etiriladi. Demak shakllar yordamida nafaqat ma’lumotlar kiritilar ekan, balki ularda MB dagi mavjud qoydalar ko’rgazmali tarzda aks etirilar xam ekan.
Xisobotlar – o’zlarining xossalari va tuzilishiga ko’ra ko’proq shakllarga o’xshab ketadi. Xisobotlar bazadagi ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boyisdan, ular boshqa ob’ektlardan, chop etiluvchi ma’lumotlarni turkumlash imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, boshqa xujjatlarga xos bo’lgan yuqori va quyi kalontitullar, saxifa raqamlari, xisobot tuzilgan sana xamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini xam asosiy ma’lumotlar qatori kogozga chiqarish uchun mo’ljalangan aloxida jixatlari mavjudligi bilan ajralib turadi.
Saxifalar – aslida “ma’lumotlarga kirish saxifalari” deb atalivchi bu ob’ekt Internetda WWW xizmatining juda xam tez omaviylashuvi natijasida xosil bo’lgan desak yanglishmaymiz. Bu ob’ekt Web – saxifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi.
Makroslar MBBT bilan ishlash jarayonida kup marotaba takrorlanuvchi amallarning bajarilishini avtamatlashtirish uchun qo’llaniladi.
Modullar VBA (Visual Basic for Applications) tilida yaratiladi. Modullar yordamida MB ning funksional imkoniyatlari kengaytirilishi, MB buyurtmachisining mahsus talablari qondirilishi, MBBT ning ishlash tezligi hamda himoyalanganlik darajasi yahshilanishi mumkin.
Endi Microsoft Accessda MB ning asosiy ob’ektlarini ishlab chiqish vositalari bilan tanishamiz. “Ob’ekt ustalari” dan soddaroq hollarda esa yanada tez natija beruvchi avtoshakl, avtohisobot kabi vositalardan foydalaniladi. Urganish maqsadida baza jadvalini tuzish, so’rov, shakl yoki hisobot yaratish, ma’lumotlarga kirish sahifasini hosil qilish uchun bu vositalarni har birini qo’llab ko’rishni tafsiya etamiz.
“Ustalar”dan foydalanish jadval hamda so’rovlar tuzishni tezlashtirilsada, MBBT ning tushuncha va usullarini o’zlashtirish uchun ulardan ko’ra ko’proq Konstruktor rejimi qo’l keladi.
Shakl, hisobot va “ma’lumotlarga kirish sahifalari“ni hosil qilishda esa, aksincha, Konstruktor rejimiga nisbatan “Ustalar” samaraliroqdir. Chunki, bu ob’ektlarni mazmun bilan to’ldirishdan ko’ra ularga ko’rk berish ko’proq mehnat talab etadi.
Microsoft Accessning ixtiyoriy ob’ekti bilan ishlash uning “База данных» nomli muloqot oynasi orqali boshlanadi. Mazkur muloqot oynasining chap panelida Microsoft Access ob’ektlariga kirishni faollashtiruvchi boshqaruv elementlari mujassamlashgan.