Olinishi. Sanoatda natriyning suyuqlantirilgan yuzlarini elektroliz qilib olinadi. Masalan, nartiy xlorid suyuqlanmasi tegishli ionlarga dissotsiatlanadi: NaCl=Na+ + Cl- Doimiy tok o‘tkazilganda bu suyuqlanmadagi nartiy ionlari katodga tortiladi va elektron qabul qilib, erkin holda ajraladi; xlor ionlari anodga tortiladi va elektron berib erkin xlor gazi holida ajralib chiqadi. Na+ + ē = Na0; 2Cl- + 2ē = Cl02; Cl- +Cl- = Cl2 Fizik xossalari.Natriy — yumshoq, kumushrang metall. Uning zichligi 0,971g/cm³, suyuqlanish harorati 97,79 0C va qaynash harorati 883 0C ga teng. Tipik metallar kabi natriy ham elektr va issiqlik o‘tkazuvchanlikka, metall yaltirog‘ligiga, plastiklikka ega. Nartiy alangani o‘ziga xos rangga bo‘yaydi ya‘ni sariq rangga kiritadi. Bu xususiyatlardan ularning birikmalarini aniqlashda foydalaniladi. Kimyoviy xossalari. Barcha ishqoriy metallar kabi natriy kuchli qaytaruvchilikka ega. Nartiy barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Nartiy kislorodda yonganda peroksid hosil bo‘ladi: 2Na + O2 = Na2O2 Ishqoriy metallardan faqat litiygina kislorod bilan reaksiyaga kirishib, oksid hosil qiladi: 4Li + O2 = 2Li2O Sof Na2O ni olish uchun ularning peroksidalariga metall ta‘sir ettiriladi: Na2O2 + 2Na = 2Na2O Havoda natriy juda tez oksid qatlam bilan qoplanadi. Shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi. Natriy galogenlar bilan xloridlar, vodorod bialn esa gidridlarni hosil qiladi: 2Na +Cl2 = NaCl; 2Na + H2 = 2NaH Natriyning oltingugurt bilan ta‘sirlashuvidan sulfidlar olinadi: 2Na+S=Na2S Natriy metlallmaslar bilan birikmalari ion bog‘li qattiq modda moddalar. Natriy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta‘sirlashadi. Natijada natriy gidroksid va vodorod hosil bo‘ladi: 2Na + 2H2O = 2NaOH + H2 Natriy kislotalar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi(masalan, HCl, HBr, Hl, H2S, H2SO4 (suyul) va boshqalar). Natijada, vodorodni siqib chiqarib, tuz hosil qiladi: 2Na + 2HCl = 2NaCl + H2