147
Agar poyaning uchi kesib (chilpib) tashlansa, o‘simlik bo‘yiga o‘smaydi. Bu hol ko‘plab yosh
yon novdalar ning o‘sib chiqishiga sharoit yaratadi. Novdaning bu xususiyatidan o‘simliklarga
shakl berishda va ulardan mo‘l hosil olishda foydalaniladi
(
10.16-rasm)
.
Bahor kelib, o‘simliklarda shira harakati boshlanishi bilan oziq moddalar barcha organlar
qatori kambiyga ham yetib boradi. Oziq moddalar va suv bilan ta’minlangan kambiy hujay
-
ralari bo‘lina boshlaydi. Bo‘lingan hujayralarning ko‘p qismi kambiydan ichki tomonga
qarab
o‘sib, yog‘ochlik (ksilema) hujayralariga aylanadi. Qolgan qismi
esa kambiydan tashqariga
qarab o‘sadi va lub (floema) hujayralariga aylanadi. Shuning uchun yog‘ochlik
lubga qara
-
ganda yo‘g‘on bo‘ladi.
Bahorda kambiyga suv va oziq moddalar ko‘p borganidan uning bo‘lingan hujayralari yirik
bo‘ladi. Yoz kelib, kunlar isishi bilan kambiyga boradigan oziq kamaya boradi, natijada bo‘lina
-
digan hujayralar maydalashadi. Kuzga borib, kambiy hujayralari bo‘linishdan to‘xtaydi, kelgusi
yil bahorda bu jarayon yana takrorlanadi.
Shunday qilib, har yili
bahordan kuzgacha yangi
yog‘ochlik qavati halqasi hosil bo‘ladi va u oldingi yillari hosil bo‘lgan yog‘ochlikni tashqi to
-
mondan o‘rab oladi. Ular
yillik halqalar
deb nomlanadi
(
10.17-rasm)
.
O‘sish va rivojlanish o‘simliklarning barcha organlari to‘liq shakllanishini ta’minlaydi. Nati
-
jada yetuk o‘simlik ko‘payadi va nasl qoldiradi.
Dostları ilə paylaş: