4. Naysimon tipdagi nerv sistema. Barcha xordali hayvonlar uchun xarakterli hisobla
-
nadi. Nerv hujayralari nerv nayi bo‘ylab bir xil joylashgan
(4.7-rasm) . Xordali hayvonlar bitta
tipga mansub bo‘lganligi sababli ularning nerv sistemasi tuzilishida umumiylik mavjud. Tu-
ban xordalilarda nerv nayi markaziy nerv sistemasini, undan chiquvchi bir qancha nervlar
periferik nerv sistemasini tashkil etadi. Hayvonlarning tuzilishi murakkablashgani sari nerv
sistemasining tuzilishi ham sezilarli darajada o‘zgaradi.
Umurtqali hayvonlar (baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar) nerv
sistemasi bir xil anatomik tuzilishga ega bo‘lib, ayniqsa, sutemizuvchilarda yuqori darajada
tuzilgan. Odam va barcha umurtqali hayvonlarda ham markaziy nerv sistemasi bosh va orqa
miyadan, periferik nerv sistemasi bosh va orqa miyadan chiquvchi nervlardan iborat. Bosh
miya beshta bo‘lim: oldingi, oraliq, o‘rta, uzunchoq miya, miyachadan iborat. Bosh miyaning
har bir bo‘limi aniq funksiyalarni bajaradi
(4.8-rasm) .
Baliqlarda bosh miya katta hajmga ega emas. Amfibiyalarda oldingi miya yarimsharlarga
bo‘lingan. Harakatlarning soddalashuvi tufayli amfibiyalarning miyachasi baliqlarnikiga nis
-
batan yaxshi rivojlanmagan. Reptiliyalarning quruqlikda yashashga o‘tishi tufayli miya mor
-
fologik va funksional jihatdan murakkablashgan. Oldingi miya boshqa bo‘limlarga nisbatan
yiriklashgan. Reptiliyalarning xilma-xil harakatlari tufayli miyachasi kuchli rivojlangan. Qush
-
larda xulq-atvorning murakkablashuvi ularning bosh miyasi yaxshi rivojlanganidan dalolat be
-
radi. Odam va boshqa sutemizuvchilarda oldingi miya yarimsharlari po‘stlog‘i kuchli rivojlan
-
gan va unda ko‘rish, eshitish, tuyg‘u, harakat analizatorlarining oliy markazlari, shuningdek,
oliy nerv faoliyatining markazlari joylashgan. Miyachasi kuchli rivojlangan.
4.8-rasm. Umurtqali hayvonlarda bosh miyaning tuzilishi.
1) odam
2) maymun
3) mushuk
4) g‘oz
5) timsoh
6) baqa
7) baliq