115
VIII BOB
AYIRISH (EKSKRETSIYA)
8.1. AYIRISH
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Tirik organizmlar hayotida
ayirishning qanday ahamiyati bor?
Transpiratsiya va xa-
zonrezgilik nima?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Ayirishning or
-
ganizmlar hayotidagi ahamiyati.
Organizmning normal
hayot kechirishi uchun uning to‘qima va
hujayralarida doimo kislorod,
suv va mineral mod
-
dalar bilan birga organik moddalar – uglevod, oqsil, lipid hamda vitaminlar yetarli miqdorda
bo‘lishi lozim. Kislorod ta’sirida hujayralardagi organik moddalar suv va karbonat angidridga-
cha parchalanib, ko‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Suv va karbonat angidrid organizm-
dan ayirish
jarayonida chiqarib yuboriladi, energiya
esa organlarning ishlashi,
hujayraning
ko‘payishi hamda o‘sishi uchun sarf bo‘ladi.
Tirik organizmlar hayotida ayirishning ahamiyati quyidagilardan iborat:
zararli modda
-
lardan xoli bo‘lish – xazonrezgilik (o‘simliklar); transpiratsiya – o‘simliklarning suv bug‘latishi;
changlanish samaradorligini oshirish – o‘simliklar o‘zidan xushbo‘y moddalar (nektar) ajratib,
hasharotlarni
jalb etishi; ter ajratish – tanani qizib ketishdan saqlashi (hayvonlar); ko‘pa-
yish va nasliga g‘amxo‘rlik – hayvonlarning tanasidan maxsus hid ajratishi; himoya – zaharli
moddalar ajratish orqali dushmandan himoyalanishi (kalmar, asalari, qurbaqa, ilonlar, ba’zi
o‘simliklar).
Dostları ilə paylaş: