YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. Nima sababdan o‘simliklar o‘zidan xushbo‘y moddalar ajratadi?
2. Transpiratsiya jarayonining mohiyatini ayting.
3. O‘simliklar hayotiy faoliyati natijasida qanday moddalar ajratishini bilasizmi?
4. Xazonrezgilikning o‘simlik hayotidagi ahamiyatini bayon eting.
Qo‘llash . “O‘simliklar hayotida ayirishning o‘rni” mavzusida biologik diktant yozing.
Tahlil . O‘simliklar bargi dastlab yashil rangda, kuz kelishi
bilan esa asta-sekin sarg‘ish, sarg‘ish-qizg‘ish, qo‘ng‘ir-qizg‘ish
ranglarga kiradi. Buning sababi nimada?
Sintez . O‘simliklar kuz fasli kelishi bilan xazonrezgilik sababli
barg larini to‘kib yuboradi. Nima uchun archa doim ya shil bo‘lib
turadi?
Baholash .
Fitonsidlar – o‘simliklar bakteriyalarga qarshi
ishlab chiqaradigan modda. Insonlar o‘simliklarning bu xusu-
siyatidan qanday maqsadlarda foydalanadilar? Ko‘p miqdorda
fitonsid ajratuvchi o‘simliklar ro‘yxatini tuzishda internetdan
foydalaning.
8.2. ODAM VA HAYVONLARNING AYIRISHI MUAMMONI ANIQLAYMIZ. Tanadagi ortiqcha modda
-
larni chiqarib yuborish shartmi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Tirik organizmlar
o‘z ha yot faoliyatini saqlab turishi uchun doimiy ravishda
energiya ke rak. Energiya nafas olish jarayonida oziq moddalarning parchalanishi natijasida
ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi jarayonida orga nizmlarda keraksiz moddalar ham hosil
bo‘ladi. Bunday moddalarni organizmdan tashqi muhitga chiqarib yuborish
ayirish deb ata-
ladi.
Umurtqasiz hayvonlarda ayirish sistemasining tuzilishi. Hayvonlarda ayirish sistema-
sining tuzilishi tarixiy jarayonda takomillashib borgan.
Bo‘shliqichlilar tipi vakillarida maxsus ayirish organi bo‘lmaydi. Moddalar almashinuvi-
ning mahsulotlari entoderma qavati hujayralarining qisqaruvchi vakuolalari yordamida tana
bo‘shlig‘iga, u yerdan tashqi muhitga ajratiladi. Hazm bo‘lmagan oziq moddalar ham og‘iz
teshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Topshiriq Nima uchun yashil barglarni
poyadan uzib olish qiyin, lekin
sarg‘ayganlari yengilgina sha-
molda ham tushib ketadi? Nima
uchun ba’zi yillari yozning
o‘rtasi da ham barglar to‘kilishi-
ni kuza tish mumkin? Fikringizni
izohlang va do‘stlaringiz bilan
muhokama qiling.
Mochevina • Metanefridiy • Malpigi naychalari • Siydik yo‘li • Qovuq • Nefron oddiy amyoba
qisqaruvchi vakuola
hazm bo‘lmagan oziqning
tashqariga chiqarilishi
8.4-rasm. Protoktistalarning ayirishi.