I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Embriogenezda
zigotadan murtak rivojlanadi. Murtak o‘simlikning embrioni hisoblanadi.
Postembriogenez: 1. Yuvenil davri
o‘simlikning urug‘i unib chiqishi bilan boshlanadi.
Tinim davri o‘tgach, qulay sharoitda urug‘ murtagidan yangi o‘simlik rivojlanadi. Nam 
tuproqqa ekilgan urug‘ suvni o‘ziga shimib olib, bo‘rta boshlaydi va urug‘ po‘sti yoriladi. 
Dastlab murtak ildizchasi rivojlanadi. Ildiz tuproqdan suvni o‘zlashtira boshlaydi. Urug‘palla 
(endosperm)dagi oziq moddalar ildiz o‘zlashtirgan suvda erib, murtak hujayralarining rivoj-
lanishiga sarf bo‘ladi. Ildiz tuproqqa tobora chuqurroq kirib boradi va murtakning kurtak
-
chasidan novda rivojlanadi.
Ikki urug‘pallalilarda yosh o‘simlik ikkita urug‘palla bargi bilan yer yuzasiga chiqadi. 
Urug‘palla barglardagi oziq moddalar kamayib boradi va ular yupqalashib, to‘kilib ketadi.
Bir urug‘pallalilarda esa murtak rivojlana borishi bilan endospermda to‘plangan oziq mod
-
dalar tugaydi va u bo‘sh xaltachaga o‘xshab tuproq orasida qolib ketadi.
Maysa bitta urug‘palla bargi bilan yer yuzasiga chiqib, mustaqil ravishda fotosintez hisobi-
ga oziqlana boshlaydi (
10.12–10.13-rasmlar
).
2. Yetuklik davrida
yosh maysa o‘sib-
rivoj 
lanishi natijasida organlari shakllanadi 
(
10.14-rasm)
.
O‘sish 
– moddalar almashinuvi natijasida 
organizm hujayralarining miqdor jihatdan orti-
shidir. Hujayrala rining sifat jihatdan yangila-
nishiga olib keladigan o‘zga rishlar yig‘indisi esa 
rivojlanish
deyiladi. O‘simliklar hayvonlardan 
farq qilib, tanasining ayrim qismlaridagi hosil 
qiluvchi to‘qima (meristema) hujayralarining 
faoliyati tufayli o‘sadi. O‘simliklarning uchki 
kurtagida, kambiysida va ildizning bo‘linuvchi qismida meristema to‘qimasi joylashgan. Bu 
to‘qimaning hujayralariga oziq moddalar, suv va minerallar yetarli bo‘lsa, tinimsiz bo‘linib, 
ko‘payadi. Natijada o‘simlik o‘sadi va rivojlanadi. 
Demak, o‘simliklar o‘sishining asosiy sababi 
hosil qiluvchi to‘qima hujayralarining o‘sishi va tinimsiz bo‘linishi ekan!
O‘simlikning o‘sishi va 
rivojlanishi ichki va tashqi omillarga bog‘liq. Ichki omillarga 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin