I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

+
+
=
=
Sun’iy changlatish. 
Agar o‘simlikning guli odamlar tomonidan changlantirilsa
sun’iy 
changlatish
deyiladi. Sun’iy changlatishda o‘simlikning yetilgan changi yig‘ib olinib, shu yoki 
boshqa o‘simlikning yetilgan guli tumshuqchasiga o‘tkaziladi. Sun’iy changlatish usulidan 
hosildorlikni oshirishda va asosan yangi navlarni yaratishda foydalaniladi.
Chang donasi 
vegetativ va generativ
hujayralardan tashkil topgan. Vegetativ hujayra o‘sib, 
chang naychasini hosil qiladi. Generativ hujayra bo‘linib, ikkita spermiy hosil qiladi. Sper-
miylar chang naychasi orqali tugunchadagi urug‘kurtakka yetib boradi. Ularning biri tuxum 
hujayra bilan qo‘shilib, zigota hosil qiladi, undan 
murtak
rivojlanadi. Ikkinchi spermiy marka-
ziy hujayra bilan qo‘shiladi, undan 
endosperm
rivojlanadi. Changchi va urug‘chi jinsiy hujay
-
ralarining shu tarzda qo‘shilishi 
qo‘sh urug‘lanish
deyiladi. 
Urug‘lanishdan so‘ng urug‘chi tugunchasi va gulning boshqa qismlaridan meva eti, urug‘kur
-
takdan esa urug‘ hosil bo‘ladi 
(
10.9-rasm)
.
XULOSA CHIQARAMIZ

Organizmlar yer yuzida o‘z turini saqlab qolishi uchun ko‘payish muhimdir.

Ko‘payish jarayonida irsiy ma’lumot gen va xromosomalar orqali avlodlarga uzatiladi.

Jinssiz ko‘payish qisqa muddatda tez nasl qoldirishni ta’minlaydi.

Jinsiy ko‘payishda gametalar qo‘shilib, ota va ona genlari aralashishi natijasida yanada ya -
shov chan, moslashuvchan avlod tug‘iladi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. Irsiyatning moddiy asosini nimalar tashkil etadi?
2. Jinssiz ko‘payishning mohiyati nimadan iborat?
3. Jinsiy ko‘payish qanday biologik ahamiyatga ega?
4. Gulli o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi qanday amalga oshadi?
5. Urug‘lanish qanday sodir bo‘ladi?

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin