140
10.4-rasm.
Protoktistalarning binar bo‘linishi.
10.3-rasm.
Bakteriyalarning
binar bo‘linishi.
Suvo‘tlarning ko‘payishi
jinssiz
jinsiy
zoospora hosil qilish
tallomning bo‘laklarga bo‘linishi
10.6-rasm.
Ulotriksning jinssiz
va jinsiy ko‘payish.
Bakteriyalarning ko‘payishi.
Bakteriyalar faqat jinssiz – binar, ya’ni ikkiga bo‘linish
usuli
bilan ko‘payadi
(
10.3-rasm)
.
Protoktistalarning ko‘payishi.
Binar bo‘linish bir hujayrali protoktista (oddiy amyoba,
yashil evglena, infu zoriya tufelkasi)larda ham kuzatiladi. Bu organizmlarda binar bo‘linish
bakteriyalardan farq qilib,
dast lab yadroning, so‘ng, hujayraning teng ikkiga bo‘linishi bilan
amalga oshadi
(
10.4-rasm)
.
Bir hujayrali suvo‘t xlamidomonada
qulay sharoitda
jinssiz (spora hosil qilib) ko‘payadi. Bunda ona hujayra ning
ko‘p marta bo‘linishi natijasida 2 xivchinli ha rakatchan
spora
lar hosil bo‘ladi. Ular
zoosporalar
deb ataladi.
Ma’lum muddat o‘tgach, har
bir zoospora mustaqil orga-
nizmga aylanadi.
Xlamidomonada noqulay sharoitda jinsiy usulda
ko‘payadi. Bunda xlamidomanada hujayrasida 2 xivchinli
gametalar hosil bo‘ladi. Gametalar suvda o‘zaro juft-juft
holda bir-biri bilan qo‘shilib,
zigota
hosil qiladi. Zigota ti
-
nim davridan o‘tgach, bo‘linib, 4
ta yosh xlamidomonada
rivojlanadi
(
10.5-rasm)
.
Ko‘p hujayrali suvo‘tlar ham jinssiz va jinsiy usul-
da ko‘payadi. Jinssiz ko‘payish suvo‘t tanasi – tallomning
bo‘ lak larga bo‘linishi va zoosporalar orqali amalga oshadi.
Jinsiy ko‘payish
gametalar
orqali amalga oshadi.
Gametalar suvga chiqib, juft bo‘lib
qo‘shiladi va zigota hosil bo‘ladi. Zigota qalin po‘st bilan qoplanib, tinim davridan o‘tgach, 4
ta hujayraga bo‘linadi. Hujayralarning har biridan yangi suvo‘t rivojlanadi
(
10.6-rasm)
.
Dostları ilə paylaş: