Maqsad: baqaning skeletini modellashtirish orqali tayanch-harakatlanish organlari tuzili-
shini o‘rganish.
Bizga kerak: baqaning skeletini aks ettirgan rasmlar, plastilin, rangli bo‘yoqlar yoki rangli
karton qog‘oz, chizg‘ich, plastmassa pichoqcha, qalam, oq qog‘oz, qaychi, 60 cm egiluvchan
ingichka sim, yelim, 2 dona po‘kak.
Xavfsizlik qoidalari: 1. Pichoq, qaychi, mix va egiluvchan sim bilan ishlaganda ehtiyot bo‘ling.
2. Rangli bo‘yoqlardan foydalanganda ust-boshingizga rang tegmasin.
Ishni bajarish tartibi: 1. Baqaning bosh qismini yapoloq shaklda
po‘kakka qalam bilan chizing va qaychi
yordamida qirqib oling.
3. Yelka kamari suyaklarini rangli karton
qog‘ozga chizib oling va qaychi bilan qirqib,
joylashtiring.
5. Orqa oyoq kamari qismini berilgan
rasmga qarab yasang va ularni yelim yoki
ingichka egiluvchan simdan foydalanib
birlashtiring.
2. Baqa tanasidagi barcha suyaklarni
bog‘lovchi suyak umurtqa pog‘onasini
karton qog‘oz yoki po‘kakdan yasang.
4. Oldingi oyoqlariga kiradigan suyak-
lar (bitta yelka, ikkita bilak va bir nech-
ta panja) suyaklarini po‘kak yoki oq qo-
g‘ozdan qirqib, yelim yordamida yumaloq
qilib yasang.
6. Orqa oyoq skeleti (son, boldir, tovon
va panja) qismlarining har birini alohida
qilib yasang va ularni yelim yoki ingichka
egiluvchan simdan foydalangan holda
birlashtirib chiqing.
Eslatma. Barcha tayyorlagan skelet qismlarining suyaklarini rasmda ko‘rsatilgan tartibda
yelim yoki egiluvchan sim yordamida o‘zaro joylashtirib chiqib, baqaning har bir qismidan
umumiy skeleti shakllantiriladi.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring.
138
IX BOB YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR 1. Jadvalning birinchi satrida berilgan so‘zlar o‘rtasida ma’lum qonuniyat, bog‘liqlik mavjud.
Shu bog‘liqlik asosida jadvalning bo‘sh katagiga mos tushunchani kiriting.
1.
Kungaboqar
tropizm
2.
Yashil evglena
?
2. Harakat reaksiyalarining o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.