134
Masalan, boshi 8 ta bo‘yin umurtqasi orqali tanasiga harakatchan birikkan. Ko‘krak
umurtqalari ning har biriga ikki yon tomondan bittadan qovurg‘a tutashgan. Qovurg‘alarning
ikkinchi uchi esa to‘sh suyagiga tutashgan. Ko‘krak
umurtqalari, qovurg‘alar va to‘sh suyagi bir
-
galikda ko‘krak qafasini hosil qiladi
(
9.23-B
rasm
).
Ko‘pchilik toshbaqalar quruqlikda, ayrim turlari suv havzalarida hayot kechiradi. Chuchuk
suvda hayot kechirishga moslashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo‘ladi.
Dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak vazifasini o‘taydi.
Timsohlarning orqa oyoqlari
barmoq lari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchli uzun dumi yordamida suzadi
va sho‘ng‘iydi.
Qushlar
havo muhitida yashashga moslashgani uchun suyaklari yengil,
naysimon suyak-
larning bo‘shlig‘i havo bilan to‘lgan, oldingi oyoqlari qanotga aylangan, orqa ikki oyog‘iga
tayanib yerda yuradi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari
bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Qanot yelka, ikki-
ta bilak (tirsak va bilak) va bir necha panjalardan tashkil topgan. Qushlarning qanotida faqat
uchta barmoq bo‘ladi. Qanotidagi mayda panja suyaklar qo‘shilib, yaxlit bitta suyakni hosil
qiladi. Qushlarning oyoqlari yo‘g‘on son, ikkita boldir hamda ilik va barmoqlardan iborat. Ilik
suyagi faqat qushlar uchun xos bo‘lib, bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil bo‘ladi.
Ilik suyagining pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan. Ilik suyagi qush tanasini yerdan
dast ko‘tarib turadi va qo‘nayotganda tanaga beriladigan zarbani kamaytiradi.
Uchmay digan
qushlarning oyoqlari yaxshi rivojlangan. Yaxshi rivojlangan oyoq muskullari qushlar ning yerda
harakatlanishiga yordam beradi. Oyoq bo‘g‘imlari orqali paylar o‘tgan. Paylar uchi barmoqlar
-
ga birikadi. Qush shoxga qo‘nganida bu paylar tortiladi va barmoqlar siqilib, shoxni mahkam
ushlab turadi. Shuning uchun qushlar daraxt shoxida bemalol o‘tirishi va yiqilib tushmas dan
uxlashi mumkin.
9.24-rasm.
Qushlar sinfi vakillarida harakatlanish organlari.
1 – ko‘k kaptar; 2 – burgut; 3 – Afrika tuyaqushi; 4 – o‘rdak.
Suv qushlarining barmoqlari orasiga parda tortilgan, oyoqlari biroz orqaroqda joylashgan
bo‘ladi. Qushlarning pat va parlari zich joylashib, suv o‘tkazmaydigan tig‘iz qoplag‘ichni hosil
qiladi. Qushlar dumg‘aza bezlari ajratib chiqaradigan yog‘simon suyuqlikni tumshug‘i bilan
siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va
egiluvchan qiladi. Suv havzalarida yashovchi qushlarning ko‘pchiligi suvda chaqqon suzadi va
sho‘ng‘iydi, ozig‘ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda sekin va beso‘naqay harakat
-
lanadi
(
9.24-rasm)
.
Qushlarning skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, qanot, oyoq,
yelka va chanoq kamarlari
skele tidan tashkil topgan. Bosh skeleti yumaloq bosh qutisi, yirik ko‘z kosasi, yuqori va past
-
ki jag‘lardan iborat. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin bo‘limi uzun bo‘lib, o‘zaro harakatchan,
ko‘krak umurtqalari esa o‘zaro harakatsiz birikkan. Bel, dumg‘aza va dum umurtqalari o‘zaro
4
2
1
3
135
birikib, yagona dumg‘aza suyagini hosil qiladi. Dum suyagi qushlarning dumidagi burilish
patla ri uchun tayanch bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasining ko‘krak bo‘limi qovurg‘alar va to‘sh
suya gi bilan birga ko‘krak qafasini hosil qiladi. To‘sh suyagining pastki tomoni kengayib, qayiq-
qa o‘xshash ko‘krak toj suyagini hosil qiladi. Bu suyakka qanotlarni harakatga keltiradigan
muskullar birikadi. Qovurg‘alarning bir uchi ko‘krak umurtqalari, ikkinchi uchi to‘sh suyagi
bilan harakatchan qo‘shilgan. Qanotlar kamari ko‘krak-tirgak, kurak va o‘mrov suyaklaridan
iborat. O‘mrov suyaklarining pastki uchi tutashib, ayrini hosil qiladi. Qanot skeleti bitta yelka,
ikkita bilak (tirsak va bilak) va bir necha panja suyaklaridan tashkil topgan
(
9.25-rasm)
.
Dostları ilə paylaş: