131
9.4. LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.
TUFELKA INFUZORIYASINING HARAKATLANISHINI KUZATISH
Maqsad:
tufelka infuzoriyasining mikroskop yordamida harakatlanishini
ko‘rish.
Infuzoriyalar birinchi marta pichan ivitmasida topilgan. “Infuzoriya” so‘zi
ham lotin tilida “pichan ivitmasi hayvonlari” ma’nosini anglatadi. Tufelka in
-
fuzoriyasi o‘simlik qoldiqlari ko‘p bo‘lgan suv havzalarida uchraydi.
Uning
uzunligi 0,1–0,3 mm bo‘lib, tanasining shakli poyab zal tagiga o‘xshab ketadi.
Tanasining sirti juda ko‘p kipriklar bilan qoplangan. Kiprikchalarning tebra-
nishi tufayli tufelka to‘mtoq tomoni bilan oldinga suzadi.
Bizga kerak:
mikroskop, 2–3 hafta oldin tayyorlab qo‘yilgan
pichan ivitmasi,
buyum va
qoplagich oynalar, paxta tolasi, tomizg‘ich, qaychi, filtr qog‘ozi.
Dostları ilə paylaş: