128
5. Oradan bir-ikki kun o‘tgach, yuz bergan o‘zgarishlarni
aniqlang, ya’ni
yerning tortish
kuchi yoki o‘simliklardagi qonuniyat bo‘yicha
poya yuqoriga qarab,
ildiz esa pastga qarab
o‘sganiga e’tibor bering.
6. Tajriba davomi va xulosasini daftarga yozib boring, rasmni chizib oling.
O‘simlikda geotropizm.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring:
1. Geotropizm hodisasi fotonastiyaga qaysi jihatlari bilan o‘xshashini izohlab bering.
2. O‘tkazilgan tajribada ildizning o‘suvchi qismi teskari qilib qo‘yilgan bo‘lsa-da, uning past
-
ga qarab o‘sgani sababi nimada deb o‘ylaysiz?
3. Geotropizm hodisasi o‘simliklar hayoti uchun qanday ahamiyat
kasb etishini misollar
asosida izohlab, xulosa qiling.
9.3. UMURTQASIZLARNING HARAKATLANISH ORGANLARI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Hayvonlar
uchun harakat
-
lanishning qanday ahamiyati bor? Hayvonlarda harakatlan
-
ish qanday amalga oshadi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Harakatlanish –
tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan
biridir. Barcha tirik organizmlar kabi hayvonlar ham mun
-
tazam harakatda bo‘ladi. Hayvonlar o‘ziga oziq izlashi, bir joyidan boshqa bir joyga o‘tishi, o‘z
jufti va bolalarini topishi hamda xavf-xatardan saqlanishi uchun faol harakatda bo‘lishi zarur.
Hayvonlarning harakatlanish organlari turlicha tuzilgan. Bu
ularning yashash muhitiga
bog‘liq.
Hayvonlarning harakatlanishi muskul tolalarining qisqarish xususiyati bilan bog‘liq.
Bo‘shliq ichlilar ektoderma
qavati teri-muskul hujayralari, entoderma
qavati hazm qiluvchi
hujayralaridagi muskul tolachalarining qisqarishi hisobiga harakatlanadi.
Yassi, to‘garak, halqali chuvalchanglarda epiteliy ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar
rivojlangan.
9.10-rasm.
Planariyaning kiprikli epiteliy
hujayralari umumiy ko‘rinishi.
9.11-rasm.
Nereida harakat
organlarining umumiy ko‘rinishi.
Ektoderma • Entoderma
• Halqasimon muskul
• Bo‘ylama muskul •
Parapodiyalar • Reaktiv
harakat