136
Dengizlarda yashovchi kurakoyoqlilar – bo‘yni kalta, oldingi oyoqlari suzgich kurakka aylan
-
gan yirik hayvonlar hisoblanadi. Ular ko‘p vaqtini suvda o‘tkazadi, faqat dam olish va ko‘payish
uchun quruqlikka chiqadi (tyulen, morj, dengiz mushugi). Kitsimonlar
esa batamom suvda
yashashga o‘tgan
sutemizuvchilar, ular hech
qachon quruqlikka chiqmaydi, suvda bolalay di.
Tuzilishi suvda yashash ta’sirida yanada ko‘proq o‘zgargan (delfin, kashalot, kasatkalar). Ular
dumi va oldingi suzgichlari yordamida suzadi, keyingi suzgichlari bo‘lmaydi.
Sutemizuvchilar
skeleti bosh, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi,
oldingi va orqa oyoqlar
hamda ularning kamarlari skeletlaridan iborat
(
9.27-rasm)
.
Bosh miyasi ancha kuchli rivojlan
-
gani tufayli miya qutisi ham boshqa umurtqali hayvonlarnikiga nisbatan yirik bo‘ladi. Umurtqa
pog‘onasi bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum bo‘limlariga ajratiladi. Sutemizuvchilar oldingi
oyoq kamari skeleti ikkita kurak va unga qo‘shilib o‘sgan ko‘krak tirgak suyagi hamda ikkita
o‘mrov suyagidan iborat. Itning o‘mrov suyagi rivojlanmagan. Orqa oyoq kamari, ya’ni chanoq
3 juft suyakdan iborat. Oldingi oyoqning erkin suyaklari: yelka, bilak, tirsak va panja suyakla-
ri dan iborat. Orqa oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va panja suyaklari kiradi.
Dostları ilə paylaş: