I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

10.4. AMALIY MASHG‘ULOT. 
URUG‘LI O‘SIMLIKLARNING HAYOT SIKLINI O‘RGANISH
Maqsad:
urug‘li o‘simliklar hayot siklida kuzatiladigan rivojlanish bosqichlarini o‘rga nish.
O‘simliklarning hayot sikli zigotadan boshlanib, rivojlanish-
ning barcha bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Bir yillik o‘simliklarning hayot sikli bitta ontogenezni, ko‘p 
yillik o‘simliklarning hayot sikli esa bir nechta ontogenezlarni 
o‘z ichiga oladi.
Bizga kerak:
rangli qalamlar, plastilin, skalpel, o‘simliklar-
ning hayotiy sikliga doir videolavha, proyektor, kompyuter.
Xavfsizlik qoidalari:
Ishni bajarish tartibi: 
1. 
Mavzuga oid nazariy bilimlaringizdan foydalanib quyida
-
gi jarayonlarga mos ta’riflarni juftlab ko‘rsating:
T/r
Rivojlanish davrlari Javob
Qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
1
Embriogenez
A
Urug‘ unib chiqib, yosh o‘simlikka 
aylanadi.
2
Postembriogenez
B
O‘simlik o‘sish va rivojlanishdan 
to‘xtaydi, nobud bo‘ladi.
3
Yuvenil
D
Urug‘lanish natijasida murtak, 
undan esa urug‘ rivojlanadi.
4
Yetuklik
E
Yuvenil, yetuklik va qarilik 
davrlarini o‘z ichiga oladi.
5
Qarilik
F
O‘simlikning generativ organlari 
rivojlanadi, nasl qoldiradi.
2. 
Bir va ikki urug‘pallali o‘simliklarning hayotiy siklidagi urug‘ning unib chiqishini Venn 
diagrammasi asosida tahlil qiling.
 
3. Baqlajonning hayotiy sikli tasvirlangan rasmda rivojlanish bosqichlari raqamlab ko‘rsa
-
tilgan. Har bir raqam ostidagi tasvir ontogenezning qaysi bosqichi ekanini aniqlang:
Bir urug‘pallali 
o‘simliklar
Ikki urug‘pallali 
o‘simliklar


150
4. 
O‘zbekistonda tez o‘sadigan o‘simliklarga tol, terak, tok, yong‘oq kabilar kiradi. Tok 
o‘simligi bir mavsumda 10 metrgacha o‘sishi mumkin. 6 yillik tokning hayot siklidagi o‘sish 
ehtimolligini grafik ko‘rinishida ifodalang.
5. Plastilindan ikki pallali o‘simlik urug‘ining (murtak, urug‘palla) modelini yasang.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin