Yomg‘ir chuvalchangi – germafrodit hayvon.
Ko‘payish davrida ikkita chuvalchang bir-bi rini
urug‘lantiradi. Chuvalchang tuxum qo‘yish davri
-
da belbog‘chasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu
moddadan pilla hosil bo‘ladi. Urug‘langan tuxum-
larini pilla ichiga qo‘yadi. Pilla chuvalchang ta
-
nasidan sirg‘alib tuproqqa tushadi va undan yosh
chuvalchanglar rivojlanadi
( 10.19-rasm) .
O‘rgimchaklar ayrim jinsli hayvon bo‘lib,
urg‘ochisi erkagiga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Ular
faqat jinsiy usulda ko‘payadi. Erkak o‘rgimchak
oldingi oyog‘ida joylashgan maxsus o‘simtalar yor-
damida spermatozoidlarini urg‘ochisining jinsiy
sistemasiga yuboradi. Shu tariqa ichki urug‘lanish
kuzatiladi. Urg‘ochisi urug‘langandan so‘ng pilla
-
ga bir qancha tuxum qo‘yadi. Qishda o‘rgimchak
-
lar nobud bo‘ladi. Tuxumlari pilla ichida qishlab
qolib, bahorda ulardan yosh o‘rgimchaklar chiqadi
( 10.20-rasm) .
Hasharotlar ayrim jinsli hayvonlardir. Ular faqat
jinsiy usulda ko‘payadi. Erkak hasharotlar urg‘ochi
-
laridan tashqi tuzilishiga nisbatan kichikroq va
xipcha, mo‘ylovlari kuchli rivojlangan, hidni yaxshi
sezadi. Jinsiy organlari qo rin bo‘shlig‘ida joylash
-
gan. Urg‘ochilarida bir juft tuxumdon, erkaklar
-
ida bir juft urug‘don bo‘ladi. Hasharotlarda ichki
urug‘lanish kuzatiladi
( 10.21-rasm) .
10.18-rasm . Gidraning jinssiz (a) va jinsiy (b) ko‘payishi.
10.20-rasm . Butli o‘rgimchakning ko‘payishi.
10.21-rasm .
Urg‘ochi va erkak hasharotlarning tashqi tuzilishidagi farqlar.
10.19-rasm . Yomg‘ir chuvalchangining
ko‘payishi.
spermatozoidlar
tuxum hujayra
zigota