1.4. O‘SIMLIKLARNING XILMAXILLIGI. SPORALI O‘SIMLIKLAR MUAMMONI ANIQLAYMIZ. O‘simliklar tirik organizm-
lardir. O‘simliklarning barcha tirik organizmlarga o‘xshash
xususiyatlari nimalardan iborat?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. O‘simliklar fotosintez qi lish xususiyatiga ega avto-
trof, ko‘p hujayrali eukariot organizmlar hisoblanadi. Fotosintez qilish xususiyatini yo‘qotgan
ayrim o‘simliklar boshqa o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Masalan, zarpechak,
shumg‘iya, raffleziya kabi o‘simliklar parazit organizmlardir. O‘simliklar quruqlikda yashovchi,
ayrim turlari (elodeya, suv nilufari) suvda yashashga moslashgan organizmlardir. O‘simliklar-
ning tashqi muhitga moslashgan tashqi ko‘rinishi
hayotiy shakl deyiladi. O‘simliklar hayotiy
shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, o‘t o‘simliklarga bo‘linadi
(1.18-rasm) .
O‘tlar bir yillik (makkajo‘xori, bug‘doy), ikki yillik (sabzi, karam) va ko‘p yillik (qoqio‘t,
sebarga) bo‘ladi. Ikki va ko‘p yillik o‘tlarning qishlab qolgan kurtaklaridan bahorda yangi
novdalar o‘sib chiqadi.
O‘simliklar dunyosi Sporali o‘simliklar Yo‘sinlar bo‘limi (Yo‘sintoifa).
Plaunlar bo‘limi (Plauntoifa).
Qirqquloqlar bo‘limi (Qirqquloqtoifa).
Urug‘li o‘simliklar Ignabargli o‘simliklar bo‘limi (Qarag‘aytoifa).
Gulli o‘simliklar bo‘limi (Magnoliyatoifa).
Yo‘sinlar o‘simliklar dunyosining eng qadimiy vakillari bo‘lib,
hayotiy shakliga ko‘ra bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ko‘pchilik yo‘sin
-
larda poya va barglar rivojlangan bo‘lib, ular
poyabargli yo‘sin- lar deyiladi. Yo‘sinlar tuproqqa rizoidlari orqali birikadi. Ularda
ildiz sistemasi va o‘tkazuvchi to‘qima rivojlanmagan. Poyabargli
yo‘sinlar tabiatda juda keng tarqalgan, ularga O‘rta Osiyo tekis-
liklarida o‘sadigan
funariya yo‘sini misol bo‘ladi
(1.19-rasm) .
Funariya yo‘sini 1–3 cm keladigan bir uyli o‘simlik. Uning
yashil gilamchalarga o‘xshash maysalarini erta bahorda ariq
bo‘ylarida, zax bosgan devorlarda, soya joylarda, daraxt po‘stloq-
larida uchratish mumkin. Funariyaning novdasi ingichka poya va
unda ketma-ket joylashgan bargchalardan iborat. Poya tubi dan
chiqqan rizoidlar poyani tuproqqa biriktiradi. Funariyaning
barglari bir qavat hujayralardan tashkil topgan.
1.18-rasm. Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari.