I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


 O‘SIMLIKLARNING XILMAXILLIGI. SPORALI O‘SIMLIKLAR



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

1.4. O‘SIMLIKLARNING XILMAXILLIGI. SPORALI O‘SIMLIKLAR
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
O‘simliklar tirik organizm-
lardir. O‘simliklarning barcha tirik organizmlarga o‘xshash 
xususiyatlari nimalardan iborat?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
O‘simliklar fotosintez qi lish xususiyatiga ega avto-
trof, ko‘p hujayrali eukariot organizmlar hisoblanadi. Fotosintez qilish xususiyatini yo‘qotgan 
ayrim o‘simliklar boshqa o‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradi. Masalan, zarpechak, 
shumg‘iya, raffleziya kabi o‘simliklar parazit organizmlardir. O‘simliklar quruqlikda yashovchi, 
ayrim turlari (elodeya, suv nilufari) suvda yashashga moslashgan organizmlardir. O‘simliklar-
ning tashqi muhitga moslashgan tashqi ko‘rinishi 
hayotiy shakl
deyiladi. O‘simliklar hayotiy 
shakllariga ko‘ra daraxt, buta, yarimbuta, o‘t o‘simliklarga bo‘linadi 
(1.18-rasm)

O‘tlar bir yillik (makkajo‘xori, bug‘doy), ikki yillik (sabzi, karam) va ko‘p yillik (qoqio‘t, 
sebarga) bo‘ladi. Ikki va ko‘p yillik o‘tlarning qishlab qolgan kurtaklaridan bahorda yangi 
novdalar o‘sib chiqadi. 
O‘simliklar dunyosi
Sporali o‘simliklar
Yo‘sinlar bo‘limi (Yo‘sintoifa). 
Plaunlar bo‘limi (Plauntoifa).
Qirqquloqlar bo‘limi (Qirqquloqtoifa).
Urug‘li o‘simliklar
Ignabargli o‘simliklar bo‘limi (Qarag‘aytoifa).
Gulli o‘simliklar bo‘limi (Magnoliyatoifa).
Yo‘sinlar o‘simliklar dunyosining eng qadimiy vakillari bo‘lib, 
hayotiy shakliga ko‘ra bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ko‘pchilik yo‘sin
-
larda poya va barglar rivojlangan bo‘lib, ular 
poyabargli yo‘sin-
lar
deyiladi. Yo‘sinlar tuproqqa rizoidlari orqali birikadi. Ularda 
ildiz sistemasi va o‘tkazuvchi to‘qima rivojlanmagan. Poyabargli 
yo‘sinlar tabiatda juda keng tarqalgan, ularga O‘rta Osiyo tekis-
liklarida o‘sadigan 
funariya
yo‘sini misol bo‘ladi 
(1.19-rasm)
.
Funariya yo‘sini 1–3 cm keladigan bir uyli o‘simlik. Uning 
yashil gilamchalarga o‘xshash maysalarini erta bahorda ariq 
bo‘ylarida, zax bosgan devorlarda, soya joylarda, daraxt po‘stloq-
larida uchratish mumkin. Funariyaning novdasi ingichka poya va 
unda ketma-ket joylashgan bargchalardan iborat. Poya tubi dan 
chiqqan rizoidlar poyani tuproqqa biriktiradi. Funariyaning 
barglari bir qavat hujayralardan tashkil topgan.
1.18-rasm.
Gulli o‘simliklarning hayotiy shakllari.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin