I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

XULOSA CHIQARAMIZ

Bir hujayrali organizmlar 
mikroorganizmlar 
 
deyi ladi. Tirik organizmlar oziqlanishiga ko‘ra avtotrof
gete rotroflarga ajratiladi. Har bir tirik organizmning 
tabiatda o‘z o‘rni va vazifasi bor. 
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. “Mikroorganizm”, “mikrob” so‘zlarining ma’nosini ayting. 
2. Avtotrof va geterotrof organizmlarning farqi nimada?
3. Bakteriyalarning oziqlanishiga ko‘ra qanday turlari 
mavjud? 
4. Protoktistalarga qanday organizmlar kiradi?
5. Zamburug‘larning qanday turlarini bilasiz?
Qo‘llash
Tirik organizmlarni oziqlanishiga ko‘ra guruhlarga 
ajra ting: sianobakteriyalar (ko‘k-yashil suvo‘tlar), chirituvchi 
bak teriyalar, xlorella, achituvchi bakteriyalar, laminariya, 
tripanosoma, fillofora, tugunak bakteriyalar, parazit bakteriyalar, volvoks, ulotriks, tufelka infuzoriyasi, 
qo‘ziqorin, xlamidomonada, spirogira, leyshmaniya, achitqi zamburug‘lari, qo‘zidumba.
Avtotrof organizmlar
Geterotrof organizmlar
Tahlil
. Yashil evglena va tufelka infuzoriyasining o‘xshashligi va farqini Venn diagrammasida ifoda 
eting.
Sintez
Bir hujayrali organizmlar oqsil, yog‘, uglevod va vitaminlarga boy. Ular juda tez o‘sadi va ko‘payadi. 
1960–1970-yillarda olimlar ko‘p yillik kosmik parvozlarni rejalashtirayotganda kosmik kemadagi 
akvariumlarda suvo‘tlar (xlorella) tomonidan oziq moddalarini ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rgandilar. 
Suvo‘tlarni sun’iy ko‘paytirish texnologiyasini yana qan day sohalarda qo‘llagan bo‘lardingiz?
Baholash
Chirituvchi bakteriyalar va qalpoqchali zamburug‘larning 
o‘simliklar uchun ahamiyatini baholang.
1.15-rasm. 
Qo‘zidumba.
1.16-rasm. 
Qo‘ziqorin.
Topshiriq
Iste’mol qilish mumkin bo‘lgan 
qalpoqchali zamburug‘lar haqida 
ma’lumot to‘plang.
1.17-rasm. 
Muxomor.


16

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin