I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


 BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LAR



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

1.3. BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LAR
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Tabiatda tirik organizmlar-
ning turlari juda ko‘p. Tirik organizmlar xilmaxilligining 
sababi nimada deb o‘ylaysiz? 
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Bakteriyalar 
hamma joyda yashaydi. Ularni bir tomchi suvda, tuproqda, suv havzalarida, havoda, o‘simlik, 
hayvon va odam tanasida, oziq-ovqat mahsulotlarida, hatto abadiy muzliklarda ham uchra tish 
mumkin. Ochiq havoda bakteriyalar kam, ular odamlar gavjum joylarda, masalan, kinoteatr, 
vokzal, sinfxonalarda juda ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun binolarni tez-tez shamollatish zarur.
Bakteriyalar bir hujayrali organizmlardir 
(1.8-rasm)
. Ko‘zga ko‘rinmaydigan bir hujayrali tirik 
organizmlar 
mikroorganizmlar
yoki 
mikroblar
deb ataladi (yunoncha 
mikros
– “kichik”). 
Mikroblarni mikroskop ostida birinchi marta gollandiyalik olim 
A. Levenguk 
ko‘rgan. 
Avtotrof organizmlar
anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiluvchi 
orga nizmlardir.
Topshiriq
Prokariot va eukariot 
orga nizmlar haqida ma’lumot 
to‘plang va do‘stlaringiz bilan 
o‘rtoq lashing.
1.8-rasm.
Bakteriyalarning shakliga ko‘ra turlari.
Kokk – sharsimon
Batsilla – silindrsimon
Spirilla – spiralsimon Vibrion – vergulsimon
Mikroorganizm • Mikrob 
• Bakteriya • Zamburug‘ • 
Protoktista • Suvo‘t


13
Sianobakteriyalar (ko‘k-yashil suvo‘tlar) avtotrof orga - 
nizm lar, chirituvchi, achituvchi, tugunak, parazit bakte riya lar 
tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi geterot rof orga-
nizmlardir. 
Chirituvchi bakteriyalar. 
Chirituvchi bakteriyalar Yer 
yuzi dagi nobud bo‘lgan organizm qoldiqlarini mineral 
moddalarga parchalab, tabiatda tuproq hosil bo‘lishida ishtirok 
etadi. Chirituvchi bakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan 
mi neral moddalar o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin