I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

XULOSA CHIQARAMIZ

biologiya tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika kabi sohalar uchun nazariy asosdir;

biologiyaning asosiy metodlari: kuzatish, taqqoslash, tajriba, o‘lchash, modellashtirish.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ
Bilish va tushunish
1. Biologiya fani nimani o‘rganadi?
2. Bioekolog, ekolog-injener, landshaft dizayneri kabi kasb egalari faoliyati nimadan iborat?
3. Biologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoa-
ti, yengil sanoat va boshqa sohalar bilan bog‘liqligini misollar bilan tushuntiring. 
Qo‘llash
. Biologiyani o‘rganish metodlarining qo‘llanishiga misollar keltiring.
Kuzatish
Gipoteza
Tajriba
Ilmiy dalil
Nazariya


9
 
1.2. TIRIK ORGANIZMLARNING XILMAXILLIGI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ

1-fikr.
Tirik organizm-
larning har qanday klassifikatsiyasi ularning tuzilishi va 
xususiyatlarini to‘liq tushunib olishga imkon beradi. 
2-fikr.
Tirik organizmlarni kelib chiqishi va qarindosh-
ligiga ko‘ra klassifikatsiya qilish ularning tuzilishi va xususiyatlarini to‘liq aks ettiradi. 
Bu fikr
-
larning har biriga o‘z munosabatingizni bildiring.
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
 
Sayyoramizda yashaydigan tirik organizmlar hayrat-
lanarli darajada xilma-xil. Yerda tirik organizmlarning nechta turi mavjud? Olimlarning 
taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 8 millionga yaqin organizm turlari mavjud bo‘lib, 
ularning 2 mln ga yaqini o‘rganilgan. Sayyoramizdagi hayotning xilmaxilligini o‘rganish qulay 
bo‘lishi uchun ularni ma’lum tartibga keltirish, ya’ni organizmlarni muayyan xususiyatlari
-
ga ko‘ra tizimlashtirish zarur. Tirik organizmlarning qaysi xususiyatlari muhim? Masalan, 
agronomlar o‘simliklarni yovvoyi va madaniy, sabzavot va mevali o‘simliklarga ajratadilar. 
Dorishunoslar esa o‘simliklarni shifobaxshlik xususiyatlariga ko‘ra klassifikatsiya qiladilar. Bu 
tasniflarning barchasi muhim, ammo ular faqat iqtisodiy vazifalarni hal etishga qaratilgan. 
Barcha tirik organizmlar uchun umumiy bo‘lgan klassifikatsiyani qanday yaratish mumkin? 
Ushbu muammoni o‘zaro qarindoshlik darajasiga ko‘ra sistematika fani hal etadi. Sistematika 
tirik organizmlarni tashqi va ichki tuzilishidagi o‘xshashlik darajasiga qarab ma’lum tartibga –
sistema (tizim)ga solish bilan shug‘ullanadi.
Ikki o‘quvchi bahslashib qoldi. 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin