I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


I BOB TIRIK ORGANIZMLARNING XILMAXILLIGI



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

I BOB
TIRIK ORGANIZMLARNING XILMAXILLIGI
1.1. BIOLOGIYA – HAYOT HAQIDAGI FAN
 
MUAMMONI ANIQLAYMIZ. 
Fan nima? Barcha bilimlarni 
ilmiy deyish mumkinmi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Tirik organizmlar 
tabiatning muhim qismidir. Sayyora mizda tirik organizmlar 
juda xilma-xil. Bular bakteriya, protoktista, zamburug‘, o‘simlik va hayvonlardir 
(1.1-rasm)
.
Yerning tirik organizmlar yashaydigan qobig‘i 
biosfera
(yunoncha 
bios
– “hayot” va 
sfera
– 
“shar”) deyiladi. Biosferaga atmosferaning pastki qatlamlari, gidrosfera, litosferaning yuqori 
qatlami kiradi. Biosfera ning yuqori chega rasi ozon ekrani bilan belgilanadi. U quyoshning tirik 
organizmlar uchun halokatli bo‘lgan ultrabinafsha nurlarini qaytaradi. 
“Biologiya” atamasi yunoncha 
bios
– 
“hayot”
 
va 
logos
– “ta’limot” so‘zlaridan kelib 
chiqqan. 
Biologiya tirik organizmlarning tuzili-
shi va hayotiy faoliyati, xilmaxilligi, tari xiy 
va individual rivojlanish qonuniyatlarini
shuningdek, insonning tirik tabiatga ta’si rini 
o‘rganadi. 
Tirik organizmlarning tuzilishi, hayoti, 
tabiatdagi ahamiyatini yaxshi anglagan holda 
inson ulardan samarali foydalanadi. Masalan, 
madaniy o‘simliklar hosilini begona o‘t va 
zararkunandalardan, o‘z sog‘lig‘ini kasalliklardan himoya qiladi, noyob va yo‘qolib borayotgan 
o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qiladi. 
Zamonaviy biologiya ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi 
(1.2-rasm)
.
Barcha tirik organizmlar bir-biri va atrof-muhit bilan chambarchas bog‘liq. Tirik organizm
-
lar atrof-muhitga ta’sir qiladi va ularning mavjudligi muhit sharoitlariga bog‘liq.
Biologiyaning inson hayotidagi ahamiyati.
Biologiya oldida inson salomatligini asrash, 
sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash va sayyoramizdagi organizmlar xilmaxilligini saqlash kabi 
dolzarb muammolar mavjud. Biologiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar yuqoridagi
masalalarni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, biologiya tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat 
sanoati, yengil sanoat va boshqa sohalar bilan chambarchas bog‘liq. Insonlar salomatligi uchun 
foydalaniladigan dori vositalari o‘simliklar va mikroorganizmlar faoliyatida hosil bo‘ladigan 
mahsulotlardan tayyorlanadi. Biologik qonuniyatlarni bilish kasalliklarni davolash va ularning 
oldini olishga yordam beradi. Qishloq xo‘jaligining muvaffaqiyatli rivojlanishi o‘simlik navlari 
va hayvon zotlarini yaxshilash hamda yangilarini yaratish bilan shug‘ullanadigan seleksio-
ner biologlarga bog‘liq. Tirik organizmlar sanoatda ham keng qo‘llanadi. Ayrim bakteriyalar 
va zamburug‘lar faoliyati tufayli tvorog, qatiq, yogurt va pishloq kabi sut mahsulotlari olinadi.
1.1-rasm.
Tirik organizmlarning xilmaxilligi.
Fiziologiya • Ekologiya • 
Sitologiya • Anatomiya • 
Embriologiya • Genetika 


7
1.2-rasm.
Biologiya fani sohalari.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin