I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Biologiya bilan bog‘liq kasblar. 
Biologiya 70 ga yaqin fan sohalarini o‘z ichiga oladi. 
Masalan, mikrobiolog, biokimyogar, biotexnolog, bioinjener, biofizik, sud-tibbiyot eksperti,
genetik, farmatsevt, shifokor, agronom, botanik, zoolog, ekolog va boshqalar ana shunday 
sohalarning mutaxassislaridir 
(1.3-rasm)

1.3-rasm. 
Biologiya bilan bog‘liq kasblar.
Barcha tibbiyot xodimlari – pediatr, jarroh, stomatolog, psixolog va boshqalar biologik 
ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Agronom, veterinar, seleksioner kabi qishloq xo‘jaligi sohasi 
vakillarining faoliyati ham biologiya bilan bog‘liq. Jadal rivojlanayotgan oziq-ovqat sanoati, 
mikrobiologiya, biotexnologiya hamda farmatsevtika uchun ham biolog mutaxassislar juda 
zarur. Ekologiyaning turli sohalarida bioekolog, geoekolog, ekolog-injener, landshaft dizayneri 
kabi kasb egalariga talab kuchli. Siz ham kelajakda biologiya bilan bog‘liq kasb egasi bo‘lishingiz 
mumkin.
Biologiyaning tadqiqot metodlari. 
Qadimgi davrlardan boshlab odamlar tabiatni turli 
metodlar (yunoncha 
methodos
– “bilish usuli”) yordamida o‘rganib kelganlar. Kuzatish, taqqos-
lash, eksperiment (tajriba) va o‘lchash biologiyaning asosiy metodlari hisoblanadi.
Kuzatish
bu – tabiiy obyekt yoki hodisalarni sezgi organlari yordamida idrok etish. 
Obyekt yoki hodisani kuzatish jarayonida kuzatuvchi jarayonga ta’sir etmagan holda faqatgina 
natijalarni qayd etadi 
(1.4-rasm)

ANATOMIYA 
– tirik organizmlar tuzilishi haqidagi fan.
GENETIKA
– irsiyat va o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. 
– tirik organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan 
munosabati haqidagi fan.
EMBRIOLOGIYA
– embrion rivojlanishi haqidagi fan.
SITOLOGIYA
– hujayra haqidagi fan.
FIZIOLOGIYA
– tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari haqidagi fan.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin