I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


Organik olamning zamonaviy sistematikasi



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Organik olamning zamonaviy sistematikasi.
Hozirgi vaqtda organizmlarning tuzilishi 
va kelib chiqishi umumiyligi nuqtayi nazaridan organik olam sistematikasi qabul qilingan.
Tirik organizmlar kelib chiqishi, o‘xshashlik darajasi va tarixiy rivojlanishiga qarab guruh -
lar – 
sistematik birlik
larga birlashtiriladi.
Organik olam sistematikasidagi eng kichik birlik tur hisoblanadi. Har qanday organizm 
ma’lum bir turga mansub.
Bir-biriga yaqin hayvon turlari urug‘larga, urug‘lar oilalarga, oilalar turkumlarga, turkumlar
sinflarga, sinflar tiplarga, tiplar esa hayvonot dunyosiga birlashtiriladi 
(1.7-rasm)

O‘xshash o‘simlik turlari turkumlarga, turkumlar oilalarga, oilalar tartiblarga, tartiblar 
sinf larga, sinflar bo‘limlarga, bo‘limlar o‘simliklar dunyosiga birlashtiriladi. Yuqorida sanab 
o‘tilgan birliklar, ya’ni tur, urug‘, oila, turkum (tartib), sinf, tip (bo‘lim) sistematik birliklar – 
taksonlar 
deb nomlanadi.
Taksonomik birliklarning qo‘llanishi bilan tanishamiz.
Tur
– hamma organlari bir-biriga o‘xshash, ma’lum hududda – arealda tarqalgan tirik 
organizmlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, sariq do‘lana – tur. Tog‘larda sariq do‘lana turiga 
ki radigan o‘simlik tuplari o‘sadi. Ularning guli, mevasi, bargi va boshqa belgilari juda o‘xshash. 
Shuning uchun ular bir turga kiritilgan. 
Fanda har bir turni qo‘sh (ikki) nom bilan, o‘simliklarni tur va turkum (hayvonlarda tur 
va urug‘) nomlari bilan atash qabul qilingan. Bu 
binar nomenklatura
deyiladi. Turni ikki 
nom bilan atashni birinchi bo‘lib shved tabiatshunosi Karl Linney (1707–1778) fanga kirit
-
gan. Masalan, 
sarimsoqpiyoz 
va
 anzur piyozdagi “sarimsoq” 
va
 “anzur”
so‘zlari turga tegishli,
 
“piyoz”
so‘zi esa turkumga tegishli nom bo‘lib, mazkur turlarning piyoz turkumiga oid ekanini 
bildiradi.
Fanda har bir turning mahalliy nomlaridan tashqari ilmiy, ya’ni “lotincha” nomi ham bor. 
Har bir turni lotin tilida nomlashning qanday ahamiyati bor?
Turkum
bir-biriga yaqin turlardan tashkil topgan. O‘zaro o‘xshash turkumlar oila
-
ga birlashtiriladi. Masalan, bodom, olma, o‘rik, na’matak, do‘lana turkumlari birlashib, 
ra’nodoshlar oilasini tashkil etadi. Kelib chiqishi jihatidan yaqin bo‘lgan oilalarga, ular esa 
o‘z navbatida sinf larga birlashtiriladi. Masalan, loladoshlar, bug‘doydoshlar (boshoqdoshlar), 
1.7-rasm.
Hayvonot dunyosining sistematik birliklari
.
Sodda hayvonlar
G‘ovaktanlilar
Knidariyalar
Ignaterililar
Mollyuskalar
Bo‘g‘imoyoqlilar
Хоrdalilar
Qisqichbaqasimonlar
O‘rgimchaksimonlar
Hasharotlar
Sutemizuvchilar 
Qushlar
Reptiliyalar
Amfibiyalar
Hasharotxo‘rlar
Qo‘lqanotlilar
Kemiruvchilar
Yirtqichlar 
Кitsimonlar
Juft tuyoqlilar
Хartumlilar
Sichqonsimonlar
Olmaxonsimonlar
Qo‘shoyoqlar
Mushuksimonlar
Itsimonlar
Ayiqsimonlar
Suvsarsimonlar
Sichqonlar
Kalamushlar
Uy sichqoni
Dala sichqoni
Bo‘rilar 
Bo‘rilar 
Tulkilar
Chiyabo‘ri
Primatlar
Tiplar
Sinflar
Turkumlar
Oilalar
Urug‘lar
Turlar


11
chuchmomadoshlar kabi oilalar to‘planib, bir urug‘pallali o‘simliklar sinfini hosil qiladi. Ra’no
-
doshlar, ituzum doshlar, gul xayridoshlar oilalari birlashib, ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfini 
tashkil etadi.
Turlarning ilmiy nomini yozishda oldin turkum, keyin tur nomi yoziladi. Masalan, 
Tulipa 
Greigii 
yoki
 Tulipa Ferganica.
Bir va ikki urug‘pallalilar sinfiga oid o‘simliklarning barchasi gulli o‘simlik bo‘lgani uchun 
bu ikki sinf gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limiga birlashtiriladi.
O‘simliklar dunyosi o‘simliklar sistematikasidagi eng katta birlik bo‘lib, yo‘sinlar, qirqqu-
loqlar, ignabarglilar, gulli o‘simliklar kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda ko‘pchilik mutaxassislar tomonidan organik olam ikkita katta dunyo: prokariot 
va eukariotlarga ajratilgan. Prokariotlarga bakteriyalar, eukariotlarga esa protoktistalar, 
zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar dunyosi kiradi. 
Bakteriyalar dunyosiga birlashtirilgan tirik organizmlarning hujayralarida yadro bo‘lmaydi. 
Shuning uchun ular 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin