24
Bo‘g‘imoyoqlilar tipi
Yuksak qisqichbaqasimonlar sinfi.
Daryo qisqichbaqasi
chuchuk suvlarda yashaydi. Qisqichbaqa hammaxo‘r hayvon:
suvo‘tlar, chuvalchanglar, hasharot lichinka lari, ba’zan
ularning
murdalari bilan oziqlanadi.
Daryo qisqichbaqasi tanasining bosh va ko‘krak
qismlari
harakatsiz qo‘shilgan bo‘lib,
boshko‘krak
deb yuritiladi. Yurish
oyoq larida qisqichlari bor. Birinchi juft oyoqlaridagi qisqichlar
juda yirik bo‘ladi
(1.22-rasm)
.
Nima uchun qisqichbaqalar
suv havzalari sanitarlari
hi soblanadi?
O‘rgimchaksimonlar sinfi.
Butli o‘rgimchakning
tanasi
boshko‘krak va qorin qismlaridan iborat. Boshko‘krakning ust
-
ki tomonida to‘rt juft oddiy ko‘zchasi, oldingi uchida ikki juft og‘iz organlari joylashgan. Og‘iz
organlarining birinchi jufti tirnoqsimon o‘simta bilan ta’minlangan bo‘lib, o‘ljasining tanasini
teshish uchun xizmat qiladi. Uning asosida zahar bezlari joylashgan.
Jag‘lar sanchilganida zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o‘ljasi
tanasiga tushadi
va uni o‘ldiradi. Boshko‘krakda uzun va ingichka 4 juft yurish oyoqlari ham joylashgan.
Qorin bo‘limining hamma bo‘g‘imlari qo‘shilib ketgan. Qorin bo‘limining
keyingi uchida
uch juft o‘rgimchak so‘gallari bo‘lib, ularga o‘rgimchak bezlarining yo‘llari ochiladi. O‘rgim
-
chak bezlaridan ajralib chiqayotgan
suyuqlik havoda qotib, o‘rgimchak ipiga aylanadi.
O‘rgimchaklarni
araxnologiya
fani o‘rganadi.
Hasharotlar sinfi.
Hasharotlarning
tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan iborat.
Boshida bir juft mo‘ylovlari, ko‘zlari va jag‘lari bor. Ko‘krak bo‘limida
qanotlari va uch juft
oyoqlari joylashgan. Hasharotlarni
Dostları ilə paylaş: