20
Gulli o‘simliklar boshqa o‘simliklarga qaraganda murakkab tuzilgan.
Gul
yopiq urug‘lilardan
boshqa o‘simlik guruhlarining hech birida bo‘lmaydi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘kurtak
ochiq urug‘lilarga o‘xshash qubba tangachalari ustida ochiq holda emas, balki urug‘chining
tugunchasi ichida, tuguncha devori bilan o‘ralgan holda yetiladi. Tuguncha ichida yetiladigan
urug‘kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug‘lar muhitning noqulay sharoitidan: sovuq va
issiqdan, qurg‘oqchilik va ortiqcha namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan yaxshi himoya-
langan bo‘ladi. Hozirgi vaqtda fanga gulli o‘simliklarning 300 000 dan ortiq turi ma’lum.
Gulli o‘simliklar ikki sinfga – ikki urug‘pallalilar va bir urug‘pallalilar sinfiga bo‘linadi. Bir
va ikki urug‘pallali o‘simliklar bir nechta mezonlarga ko‘ra farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: