I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Korall poliplar sinfi
Ssifoid meduzalar sinfi
Gidroid poliplar sinfi


23
Yassi chuvalchanglar tipi
Kiprikli chuvalchanglar sinfi So‘rg‘ichlilar sinfi Tasmasimon chuvalchanglar sinfi
Oq planariya Jigar qurti Qoramol tasmasimon chuvalchangi
Oq planariya ko‘l va daryolar tubida hayot kеchiradi. U yirtqich hayvon bo‘lib, chuval
-
changlar, qisqichbaqasimonlar va hasharotlar lichinkasi bilan oziqlanadi. 
So‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinfi vakillari parazit hayot kechiradi. Parazit 
hayvonlar voyaga yetgan davrida asosiy xo‘jayin organizmida, lichinkalik davrida esa oraliq 
xo‘jayin organizmida yashaydi. Jigar qurti voyaga yetgan davrida odam, qo‘y, sigir, ot jigari ning 
o‘t yo‘llarida parazitlik qiladi. Og‘iz va qorin so‘rg‘ichlari yordamida parazit o‘t yo‘llariga 
yopishib oladi. Jigar qurtining lichinkasi mollyuskalarda parazitlik qiladi. 
Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgan davrida odam ingichka ichagida parazitlik 
qiladi. Tanasining uzunligi 8–10 mеtrga yеtadi. Gavdasining old tomonidagi to‘rtta so‘rg‘ichi 
yordamida parazit o‘z xo‘jayini ichagi dеvoriga yopishib oladi.
To‘garak chuvalchanglar tipi
Odam askaridasining tanasi duksimon 
shaklda, oqish yoki sarg‘ish rangda bo‘ladi. 
Erkak askarida dumining uchi qorin tomoniga 
qarab ilmoqqa o‘xshash egilgan. Yopishish 
organlari rivojlanmagan. Askarida ingichka 
ichakda parazitlik qiladi.
Halqali chuvalchanglar tipi
– gavdasi ko‘p 
sonli halqalardan tashkil topgan hayvonlar. 
Halqasimon chuvalchanglar tipi
Ko‘p tuklilar sinfi
 Kam tuklilar sinfi
Zuluklar sinfi
Yomg‘ir chuvalchangi in qazib, tuproqni yumshatadi, tuproqni ichagidan o‘tkazib, uni 
donador qiladi. Bu esa tuproqqa suv shimilishi va havo kirishini osonlashtiradi. 
Yomg‘ir chuvalchanglarining o‘simliklar uchun ahamiyatini muhokama qiling. 
Bo‘g‘imoyoqlilar ikki tomonlama simmеtriyali, tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. 
Gavdasi xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ichki organlarni himoya qilish va tashqi 
tayanch-skеlеt vazifasini bajaradi.
Nereida dеngiz tubida 
o‘rma lab hayot kechiradi.
Yomg‘ir chuvalchangi tuproq-
da hayot kechiruvchi, 8–15 
cm uzun likdagi hayvon.
Tibbiyot zulugi tashqi parazit 
sifatida umurtqali hayvonlarning 
qoni va tana suyuqligini so‘rib 
oziqlanadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin