I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

ochiq urug‘li 
o‘simliklar 
deyiladi.
Changlanish va urug‘lanishdan so‘ng 
urug‘kurtakdan urug‘, tugunchadan esa meva 
hosil bo‘ladi. Demak, yopiq urug‘lilarning urug‘i 
meva
ichida yopiq holda yetiladi. Shuning 
uchun 
yopiq urug‘li o‘simliklar
deyiladi.
Ochiq urug‘li o‘simliklarga archa, qarag‘ay, qora qarag‘ay, sekvoyadendron kabi o‘simliklar 
misol bo‘ladi. 
Oddiy qarag‘ay
– qarag‘aydoshlar oilasi, qarag‘ay turkumiga mansub doimiy yashil daraxt. 
Ignasimon barglari novdalarda 2 tadan o‘rnashgan. Uning erkak va urg‘ochi qubbalari bir tupda 
yetilgani uchun 
bir uyli o‘simlik
deyiladi. Qarag‘ay bakteriyalarni nobud qiluvchi fitonsidlar 
ajratadi. Shuning uchun u ko‘chalar, xiyobonlarda manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Hozirgi vaqtda Yer yuzini qoplagan o‘simliklarning asosiy qismini gulli o‘simliklar (yopiq 
urug‘li o‘simliklar) tashkil etadi. 
Archa
Qarag‘ay
Sekvoyadendron
Ignabargli o‘simliklar
Gulli o‘simliklar


20
Gulli o‘simliklar boshqa o‘simliklarga qaraganda murakkab tuzilgan. 
Gul 
yopiq urug‘lilardan 
boshqa o‘simlik guruhlarining hech birida bo‘lmaydi. Yopiq urug‘li o‘simliklarda urug‘kurtak 
ochiq urug‘lilarga o‘xshash qubba tangachalari ustida ochiq holda emas, balki urug‘chining 
tugunchasi ichida, tuguncha devori bilan o‘ralgan holda yetiladi. Tuguncha ichida yetiladigan 
urug‘kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug‘lar muhitning noqulay sharoitidan: sovuq va 
issiqdan, qurg‘oqchilik va ortiqcha namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan yaxshi himoya-
langan bo‘ladi. Hozirgi vaqtda fanga gulli o‘simliklarning 300 000 dan ortiq turi ma’lum. 
Gulli o‘simliklar ikki sinfga – ikki urug‘pallalilar va bir urug‘pallalilar sinfiga bo‘linadi. Bir 
va ikki urug‘pallali o‘simliklar bir nechta mezonlarga ko‘ra farqlanadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin