I ma’ruza materiallari 1-mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim “Ta’lim to’g’risidagi qonun”ning mazmuni va mohiyati. Reja


-modda. Eksternat tartibidagi ta’lim



Yüklə 42,35 Kb.
səhifə8/19
tarix16.06.2023
ölçüsü42,35 Kb.
#131627
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
1-ma\'ruza

21-modda. Eksternat tartibidagi ta’lim Eksternat tartibidagi ta’lim olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi. Eksternat tartibidagi ta’lim olishni tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 22-modda. Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash Mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash ularning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 3-bob. Ta’lim tizimini boshqarish
23-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi; ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qiladi; ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, pedagog kadrlarni va ilmiy xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, nodavlat ta’lim tashkilotlariga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) berish, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini belgilaydi; pedagogik kadrlarni ta’lim tashkilotlariga ishga qabul qilish va ular faoliyatini baholash tartibini belgilaydi; xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi; xorijiy davlatlarda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini belgilaydi; davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi; eksternat tartibida o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi; faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlaydi; davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlariga qabul qilish tartibini belgilaydi; davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari (davlat ulushi bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari, qo‘shma ta’lim muassasalari, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan ta’lim muassasalari va boshqalar) rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga tayinlaydi hamda egallab turgan lavozimidan ozod etadi; ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish, shuningdek ularni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibini belgilaydi; ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash tartibini belgilaydi; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi; mehnat bozori talablarini prognoz va tahlil qilish asosida ta’lim tashkilotlarida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantiradi; ta’lim tashkilotlariga nisbatan moddiy-texnik, infratuzilmaviy va parametrik talablarni belgilaydi; darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash hamda nashr etish tartibini, shuningdek ularni yetkazib berishga va ulardan ta’lim tashkilotlarida foydalanishga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspeksiyasi deb yuritiladi) ta’lim tizimida o‘quvtarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir. Ta’lim inspeksiyasi: ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi; maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayonini nazorat qiladi hamda unda ishtirok etadi; nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi; ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi; aniqlangan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari yuzasidan tegishli davlat boshqaruvi organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi. Ta’lim inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi: Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi; Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaydi; davlat ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yagona tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi; Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi, mazkur maktablarda bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yüklə 42,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin