I ma’ruza materiallari 1-mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim “Ta’lim to’g’risidagi qonun”ning mazmuni va mohiyati. Reja


-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi



Yüklə 42,35 Kb.
səhifə19/19
tarix16.06.2023
ölçüsü42,35 Kb.
#131627
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1-ma\'ruza

44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli. Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega: o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish; o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish; zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash.
Yüklə 42,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin