I ma’ruza materiallari 1-mavzu: Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida. Reja



Yüklə 24,81 Kb.
səhifə3/7
tarix14.04.2023
ölçüsü24,81 Kb.
#97834
1   2   3   4   5   6   7
1-ma ruza

Asosiy kategoriyalari. 

Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
1. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risidagi Qonuni, talablariga mos ravishda bir qancha ta‘lim-tarbiyaga oid fanlarga bog‘liq holda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Har qanday fanlarni o‘qitishning maqsadi yosh avlodga to‘g‘ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo‘lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo‘lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug‘ullanadigan Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani falsafa fani bilan bog‘liqdir. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fani ta‘lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish shug‘ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish va uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog‘liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni Tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi. Tarbiya ishlar jarayoni tarbiyalanuvchilarning ma‘lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini o‘rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun psixologiya fanining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
Tarbiya fanini o‘qitish asoslari metodikasining fanlar bilan bog‘liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:
- Falsafa
- Psixologiya
- Gigiyena
- Tarbiya ishlar metodikasi
- Anatomiya, fiziologiya
- Etika
- Pedagogika
O‘quvchilarni to‘g‘ri tarbiyalash, ularga ta‘lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e‘tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o‘quvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta‘sir ko‘rsatib bo‘lmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham Tarbiya fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq ish ko‘radi. Har qanday Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o‘quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rinib turibdiki, Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani gigiyena fani bilan ham bog‘langan.
Tarbiya jarayonida o‘quvchilarning ahloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ahloq normalarini o‘quvchilar ongiga singdirish zarur. Ahloq normalari va ahloqshunoslik bilan etika fani shug‘ullanadi. Shunday ekan, Tarbiya ishlar metodikasi fani etika bilan ham uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 24,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin