1. Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish
Ilmiy tadqiqotning masu’liyatli bosqichini olingan natijalarni rasmiylashtirish tashkil qiladi. Katta fanga qadam tashlagan yosh tadqiqotchi qo‘lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta’lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonun-qoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi va ularni o‘zini faoliyatida tatbiq qilish lozim.
Bajarilgan tadqiqot, uning natijalari davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizom, qabul qilingan standart va qoidalar asosida rasmiylashtirilgandan keying mutasaddi tashkilotlar tomonidan tan olinadi.
Rasmiylashtirilgan ish ijtimoiy qadriyat va intellektual mulkka aylanadi.
Ilmiy tadqiqot natijalari dastlab qo‘lyozma huquqida bo‘lgan hisobot shaklida tayyorlanadi.
Keyinchalik hisobot materiallari turli matbuot organlarida chop qilinadi.
Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan, o‘zida yangilikni saqlagan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy va ilmiy-amaliy anjuman materiallari shaklida chop etiladi.
Bunda bir qator uslubiy talablarga rioya qilish lozim. Xususan, materialni bayon etish aniq, izchil va tizimli bo‘lishi kerak.
Qo‘lyozma matni abzatslarga bo‘linadi. Abzats satr boshi bo‘lib, u 5 ta harf joyi tashlangandan keyin boshlanadi. Har bir abzats bir yoki bir nechta hukmlarda ifodalangan mustaqil fikrni o‘z ichiga oladi. Bir butun abzats stilistik va mantiqiy izchillikni ta’minlaydi, o‘qishni osonlashtiradi.
Matnda qaytarishlar bo‘lmasligi lozim, faqat bir fikr tugallangandan keyin boshqa ma’noga ega bo‘lgan fikrga o‘tiladi.
Jumla va iboralar qisqa, tushunarli va aniq tarzda yoziladi. Tadqiqot predmetiga oid mavjud nuqtai nazarlar tanqidiy tahlil asosida xolisona ko‘rib chiqiladi.
Matnni raqamli va ixtiboslar bilan to‘ldirib yuborish tavsiya etilmaydi, bu diqqatni asosiy masaladan chetga tortadi. Ixtibos (matnda keltirilgan asos) adabiyoti va manbai aniq ko‘rsatiladi.
So‘z qisqartmalari standart simvollar orqali beriladi. Masalan, 10 tonna 10 tn yoki 10 t. emas, faqat 10 t (nuqtasiz) shaklida yoziladi. Bunday standart iboralar va qisqartmalar haqidagi ma’lumot barcha qomusiy va ixtisoslashgan lug‘atlarda mavjud.
Har qanday tugallangan ilmiy ish natijalarini matnga tushirish ma’lum kompozitsiya (tuzilma) asosida amalga oshiriladi. Bunda birinchi navbatda mantiqiy izchillik va strukturaviy ketma-ketlikka e’tibor berish kerak.
Hisobot, risola yoki maqola yozishda quyidagi strukturaga rioya qilinadi.
Oldin ishni nomi belgilanadi. Ishni nomi sar varaq hisoblangan 1-betga olib chiqiladi. Shu betda muallif yoki mualliflar familiyalari, lavozimi, vaqt, muassasa va shahar nomlari yoziladi. Ishni nomi imkoniyat darajasida qisqa, aniq bo‘lishi va bajarilgan ish mazmuniga mos kelishi kerak.
Sar varaqdan keyin mundarija joylashtiriladi. Mundarijada ishning barcha bo‘limlari va qismlari (boblar, paragraflar, raqamlar bilan ifodalangan sahiyaalar), ularning nomlari belgilanadi.
Ishni kirish qismida tanlangan mavzu dolzarbligi, belgilangan vazifalarni maqsad va mazmuni asoslanadi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, izlanishning metodologik bazasi, shu sohadagi yetakchi olimlar qo‘lga kiritgan natijalar, axborot manbalari ko‘rsatiladi.
Ishni asosiy qismida qo‘lga kirilgan natijalar bayoni, xususan, materiallar tahlili, tezislar, mmulohazalar, yangi g‘oya yoki yondashuv va talqinni asoslaydigan faktlar va argementlar, umumlashma va xulosalar keltiriladi.
Tadqiqot jarayonida jadvallar va grafik modellardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Har bir jadval yoki rasmni nomi va tartib raqami beriladi.
Ishni oxirida xulosa tuzilib, u qo‘lga kiritilgan yakuniy natijalarning mantiqiy umumlashmasini tashkil qiladi. Xulosada qo‘lga kiritilgan yangi natijalarni asoslanganligi ko‘rsatiladi, hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar va istiqboliy muammolar belgilanadi.
Ilmiy ish salohiyatini namoyish etadigan belgilardan biri uning bibliografik (adabiyotlardan foydalanish) apparatidir. Bibliografik apparatga qarab, muallifning o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha kasbiy malakasi va mahorati xususida ma’lum fikrga kelish mumkin.
Bibliografik apparatning muhim unsurini foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati tashkil qiladi. Adabiyotlar ro‘yxatini bir nechta turi - mualliflar familiyalari yoki boblar, mavzular, nashrlar tartibi bo‘yicha, ish mazmunini xususiyatiga qarab; aralash tuzilmalar va boshqa ko‘rinishlarda mavjud .
Ro‘yxatda keltirilgan adabiyotlarni qayd qilish qoidasi: muallif familiyasi, ismi-sharifi, ishni nomi, shahar, nashriyot, nashr etilgan yil, ishni hajmi, agar to‘plam bo‘lsa, bo‘lim hajmi keltiriladi.
Bajarilgan ish yuzasidan annotatsiya va referat tuzishga to‘g‘ri keladi.
Annotatsiya bajarilgan ishni mazmuni, vazifasi, shakli haqidagi qisqacha ma’lumotdir. Annotatsiya axborot funksiyasini bajarib, mazkur ishda nima haqida mulohaza yuritilayapti, degan savolga javob beradi.
Referat ilmiy ishni qisqartirilgan bayonidir. Unda faktik ma’lumotlar, mulohazalar va xulosaning qisqacha bayon beriladi. Muallif magistrlik yoki doktorlik dissertatsiyasiga referat yozsa, unda u avtoreferatga aylanadi.
Referat va avtoriferatda mavzu, muammo ob’ekti va prdmeti, ishni harakteri va maqsadi, tadqiqotni uslubiy asoslari, bob va paragraflar mazmuni, qo‘lga kiritilgan natijalar tavsiyalar aks etiladi.
Qo‘lyozma ustida ishlashni muhim tomonini tahrir tashkil qiladi. Tahrir qilishdan maqsad asarda keltirilgan mulohazalarni jamiyat va o‘quvchi manfaatlari nuqtai nazardan tanqidiy baholash va takomillashtirishdir. Bu yerda birinchi navbatda muallifni o‘zi o‘z asariga muharrirlik qilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |