Birinchidan, bozordagi raqobat. Bozorda raqobatning kuchayishi korxona faoliyatini passivlashtiradi va aylanma mablag‘larni aylanuvchanligini susaytiradi. Korxona boshqa raqobatchilarini boshqara olmaydi, bozorda mag‘lub bo‘lmasligi uchun esa ichki imkoniyatlarni ishga solishga to‘g‘ri keladi;
Ikkinchidan, bozor narxlarini tannarxdan pasayib ketishi.mahsulot narxini bozorda tannarxdan pasayib ketishi raqobatchilar tomonidan demping qo‘llanilayotganligini bildiradi. Bu esa korxonani ma’lum davr zararga faoliyat ko‘rsatishga majbur qiladi.
Uchinchidan, haridorlarni e’tiboridan chetda qolish. haridorlarni e’tiboridan chetda qolishni sabablari ko‘p ulardan biri reklama faoliyatini mukammal yo‘lga qo‘yilmaganligi bo‘lsa, ikkinchisi, mahsulot sifatini yomonlashuvi. Bu holat haridorlarga ta’sir yuzasidan tashqi sabab, lekin korxona sifati va reklama faoliyatini boshqarish yuzasidan ichki sababdir;
To‘rtinchidan, korxona faoliyatiga qarshi qonunchilikning shakllanishi. Bunday holat kamdan kam uchraydi. Qachonki korxona aholi va davlat manfaatlariga zid bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarsa yoki xizmat ko‘rsatsa, unga nisbatan davlat tomonidan qarshi qonunchilik joriy etilishi mumkin va (yoki) monopoliyaga qarshi qonunchilik;
Beshinchidan, davlat pul-kredit siyosatini yomonlashuvi va valyuta kursidagi salbiy farqni o‘sib ketishi.Pul-kredit siyosatini yomonlashuvi xorijiy valyutada kredit olgan yoki xorijiy davlatlardan mahsulot sotib oladigan korxonalarni faoliyatiga jiddiy moliyaviy havfni soladi. Chunki ular valyuta kursini pasayshi va xorijiy valyutani kursini ortishi hisobiga valyuta kursidan katta zarar ko‘radilar. Bunday holatda korxonani jami aktivlari majburiyatlarni qoplash evaziga emirilib ketish havfi ostida qoladi;
Oltinchidan, hom-ashyoning sifatsizligi. Hom-ashyoni sifatsizligi hamkor korxonalarni faoliyati bilan bog‘liq holda bo‘lib korxona buni boshqara olmasada bundan qutilishi mumkin. Chunki, sifatsiz hom-ashyo mahsulot sifatini pasaytiradi va ishlab chiqarishda braklarni ko‘payib ketishiga ta’sir qiladi;