INQIROZGA QARSHI BOSHQARUVNING MOHIYATI VA ZARURATI Inqiroz haqida tushuncha
Raqobat rivojlanish uchun turtki, inqiroz esa tajriba
Mualliflar Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sir etgan har bir davlatning milliy iqtisodiyotiga jiddiy talofat ko‘rmasdan qolmadi. Jumladan, inqirozning “vatani” hisoblangan AQSH va boshqa uning iqtisodiyotiga rivojlanishi bog‘liq bo‘lgan davlatlar(Angliya, Germaniya, Yaponiya va sh.k.) tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar ham ko‘zlangan darajada o‘zini oqlamadi.
Shu munosabat bilan aytish mumkinki, inqiroz har bir iqtisodiy tizim va unda amal qilayotgan tarmoqlarning faoliyatini orqaga ketishi bilan bog‘liq holatni yuzaga keltiradi.
Sanoat korxonalarida inqirozlar boshqa tarmoq yoki iqtisodiy tizimdagi qiyinchiliklar hisobiga va tarmoqning ichida ham vujudga kelishi mumkin. Bu o‘rinda inqirozlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa tarmoqlarga tegishli barcha sabablar sanoat korxonalaridagi inqirozlarni ham vujudga keltiradi.
Inqiroz deganda insonning ko‘z oldida hech qanday moddiylik gavdalanmaydi va inqirozni hech qanday shakli-shamoyili bo‘lmaydi. Aynan shu mavhumiylikka ega bo‘lgan hech qanday moddiy ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan tushuncha tovar va pul munosabatlarini nomuvofiqlashtirish, makroiqtisodiyotni izdan chiqarish, ocharchilik, taqchillik, qimmatchilik kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarish hamda boshqa turli darajadagi qiyinchiliklarni shakllantirish quvvatiga ega.
Moddiy ashyodan samarasiz foydalanilganda va (yoki) u turib qolganda jamiyat hayotiga zarar etkazishi mumkin, lekin o‘zi ko‘rinmagan narsa qanday zarar etkazadi degan fikr ham yo‘q emas. Bu holatda mavhum tushunchalarning deyarli barchasi insonga u yoki bu darajada ham ijobiy ham salbiy xususiyatlari bilan hayotini mos ravishda bir tomonga o‘zgartirishi mumkin ekanligini anglash mumkin. Misol, ishlab chiqarish korxonasining mulkdori bo‘lgan aksiyador korxona faoliyati orqaga ketib aksiyalarining bozor qiymati u sotib olganidan ko‘ra pasayganida tabiiy ravishda ruhiy tushkunlika tushib qoladi. Bu holatda ham mavxum tushunchalar o‘z kuchini ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inqiroz faqatgina amal qilgandagina insonlar yodiga tushadi. Agar mavjud bo‘lmasa uni hech kim eslamaydi. Bu ham iqtisodiy inqirozni vujudga keltiruvchi sabablardan biri ekanligini unutmaslik lozim. Chunki, inson o‘z nomi bilan unituvchi, u bo‘lgan voqea hodisalarni yozib, qayd etib borsada yana bir bor takrorlanmaginigacha xato qilaveradi. Bu esa obyektiv qonuniyat. SHu sababdan ham, inqirozlarni fazalar orqali namoyish etganda, u har bir davr odamining boshidan hech bo‘lmaganda bir marotaba o‘tganligini guvohi bo‘lamiz. Inqirozning tabiatan takrorlanuvchanligi ham shundan iborat.
Inqirozni tushuncha sifatida kengroq tahlil qilganda, oqibati ham moddiy ham ma’naviy zarar bilan tugaydigan va insonlar boshiga turli qiyinchiliklarni soladigan vaqea-hodisalar to‘plamidan iborat jarayon ekanligini ko‘rish mumkin. Inqirozni tabiati va u haqda berilgan ta’riflar mohiyatan yagona tushuncha mazmunini beradi. Inqirozlarni xususiyati haqida gapirilganda esa, ularni kelib chiqish mohiyati va xarakteriga qarab buzg‘unchilik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy tizimlarni emirilishi va katta iqtisodiy-moliyaviy zararlar nazarda tutiladi. SHu bois, inqiroz hech kimni tasavvurida yorqin ijobiy hodisa emas, salbiy taasurotlarni vujudga keltiradi.
Inqirozni to‘liq mohiyatini ochish uchun albatta u haqda berilgan fikrlar va mulohazar, shuningdek, ta’riflarni birma-bir ko‘rib chiqish lozim.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida inqiroz (crisis) so‘ziga taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul deb ta’rif bildiriladi1. Mazkur ta’rif, inqirozga berilgan ta’riflarning eng ilmiysi deb hisoblansa hato bo‘lmaydi. Chunki, olimlar tomonidan inqirozga berilgan ta’riflar faqatgina, iqtisodiy-moliyaviy nuqtai nazardan yoritilgan bo‘lib, bir tomonlama xarakterga ega.
Zamonaviy adabiyotlarda inqirozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi holati bo‘yicha hali ham bitta tan olingan xulosaga kelinmagan. Inqirozlar bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qiladi, lekin ma’muriy tizimda mavjud emas degan tushunchalar mavjud.
Ba’zilar iqtisodiy inqirozlar haqida so‘z yuritib, faqat davlat miqyosida amal qilib mikrodarajada bo‘lmaydi, korxona inqirozlarini boshqaruvdagi muammo, hato va kamchiliklardan iborat deb tushuntiradilar. Bunday tushunishlar hato fikr hisoblanadi. Agar ularning fikrini to‘g‘ri hisoblab shu vaziyatdan turib holatga baho beradigan bo‘lsak, firma boshqaruvida inqirozni rivojlanishini, strategiyasini oldindan ko‘ra bilishning ilojisi yo‘q va hisobga olib ham bo‘lmaydi.
Inqiroz tushunchasi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiga ko‘p tomonlama ta’sir qiladigan risk tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq1.
Rossiyalik inqirozga qarshi boshqaruv maktabi vakillari ham inqiroz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tganlar. E.A.Babushkina, O.YU.Biryukova, L.S.Vereshaginalarning ta’riflariga ko‘ra, inqiroz – bu korxonaning hayot faoliyatiga maksimal darajada qarama-qarshi ta’sir qiluvchi jarayon bo‘lib, faqatgina kapitalistik tizimga xos bo‘lgan holatdir2.
Shu kabi fikrlarni E.P.Jarkovskaya va B.E.Brodskiylar ham bildirishgan bo‘lib: inqiroz – bu korxonaning ichki ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy hamda tashqi muhit bilan munosabatlarini keskinlashuvidir. Inqiroz korxonaning rivojlanish va tiklanish, ishlab chiqarishni kengayishi holatida ham pasayish sifatida aks etishi mumkin3.
Angliyalik iqtisodchi olimlardan biri Djon Von Eykennning inqirozga bergan ta’riflari boshqa olimlarning mulohazalaridan ajralib turadi. U inqirozni bir necha ta’riflar yordamida tushuntirgan.