I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə7/97
tarix16.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#131102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
UMK

Inqiroz turlari va bosqichlari

Korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni samarali ishlab chiqilishi va natijasi bevosita uning turini, tavsifini va xususiyatini qay darajada aniqlab olinishiga bog‘liq. Sababi inqirozning turi va xususiyatini to‘g‘ri aniqlash, korxonaning xo‘jalik foaliyatiga qo‘yilgan tashxisni aniqlashtiradi va muammoning manbaasini topishga yordam beradi. Muammoni to‘g‘ri aniqlanishi keyinchalik uni bartarf etish ishlarini samaradorligini oshiradi. Masalan, shifokor xuzuriga kelgan bemorni kasalligi nima ekanligini aniq topa bilish shifokordan tajriba va bilim talab qiladi, shu bilan birgalikda uni davolash jrayonida kasallikni tezroq davolashga zamin tayyorlaydi. Agar shifokor tashxisni noto‘g‘ri qo‘yadigan bo‘lsa, kasallik jarayoni uzoq davom etadi va yanada og‘irlashishi mumkin.
Zamonaviy adabiyotlarda inqirozni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi holati bo‘yicha hali ham bitta tan olingan xulosaga kelinmagan. Iniqrozlar bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qiladi, lekin ma’muriy tizimda mavjud emas degan tushunchalar mavjud
Ba’zilar inqirozlar faqat davlat miqyosida amal qilib mikrodarajada bo‘lmaydi, uni faqatgina boshqaruvdagi muammo, hato va kamchiliklardan iborat deb tushuntiradilar. Bunday tushunishlar hato fikr hisoblanadi. Agar ularni fikrini to‘g‘ri hisoblab shu pozitsiyadan turib holatga baho beradigan bo‘lsak, firma boshqaruvida inqirozni rivojlanishini, strategiyasini oldindan ko‘ra bilishning ilojisi yo‘q va hisobga olib ham bo‘lmaydi.
Inqiroz tushunchasi boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uslubiga ko‘p tomonlama ta’sir qiladigan risk tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liq.
Inqiroz tushunchasida inqiroz faqatgina sabablar emas, balki oqibatlari ham katta ahamiyatga ega. Inqiroz oqibatlari ikki ko‘rinishdagi omillar bilan bog‘liq: sababalari va inqiroznining rivojlanish jarayonlarini boshqarish imkoniyatlari.
Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi. Bu munosabatlardagi boshqaruv imkoniyatlari professionalizm, boshqaruv san’ati, motivatsiya tavsifi, sabablarni va oqibatlarni tushuna olish va mas’uliyatning maqsadlariga bog‘liqdir.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin