I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə89/97
tarix16.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#131102
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97
UMK

1. Biznes rejaning sarvarag‘i. Sarvaraqda tadbirkorning ismi-sharifi, manzili, telefon va telefaks raqamlari, loyiha nomi va maqsadi, rejadagi ma’lumotlarning maxfiyligi,reja tuzilgan vaqt va tuzuvchilar ism-shariflari aks etadi.
2. Tadbirkorlik faoliyati konsepsiyasi. Bu bo‘limda tadbirkorlik g‘oyasi va strategik maqsadi, yo‘nalishi va faoliyat turi, taklif etiladigan tovar (xizmat) va uning turlari, maqsadli bozor, uning sig‘imi, istiqbollari va egallash mumkin bo‘lgan qismi, unda talab, narx va raqobat, taklif etiladigan tovar (xizmat)ning bozordagi o‘xshashlaridan farqiy ustunligi va, umuman, raqobatbardoshligi, boshqa bozorlarga cliiqish imkoniyatlari, tarmoqning o‘sish sur’atlari va istiqbollari, tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishining iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga aloqadorligi, ishni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan tashkiliy tuzilma hamda moddiy, moliyaviy, mehnat, intellektual resurslar, ular bilan ta’minlash manbalari va imkoniyatlari, maqsadga erishish strategiyasi va ishning foydaliligi qisqa va umumiy tarzda ifoda etiladi.
3.Tadbirkorning faoliyati va kelajakdagi rejalari. Mazkur bo‘limda tadbirkorning o‘tmish faoliyati. kelgusidagi rejalari, faoliyat turlari va savdo belgisi, mahsulot turlari va ularning markasi, ularni sotish imkoni­yatlari, biznesning asosiy maqsadlari, investorlari va rahbarlari, oldingi yutuqlari va hozirgi kuchli tomonlari, oldingi muammolari va hozirgi zaif tomonlari, tadbirkor(korxona) muvaffaqiyatining asosiy omillari, texnikaviy rivojlanish va qayta jihozlash tadbirlari, foydalanayotgan texnologiyalari, moliyaviy hisob yurtish uslubiyoti, buxgalteriya hisobining foydalanilayotgan tizimi, mulkni sug‘urtalash, xavfsizlik tizimi, korxona joylashgan hududi bo‘yicha ishlab chiqarish majmuasining tavsifnomasi, korxona o‘rnashgan joyning ijobiy va salbiy jihatlari o‘z aksini topadi.
4.Ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmat) tur­lari. Bu bo‘limda mahsulot va xizmatlar turi, sotilgan mahsulot turlari bo‘yicha tannarxi va foyda, mahsulot iste’molchilari, mulkdorning patentlari va huquqlari, strategik imkoniyatlari, mahsulotni yangilash, turlarini kengaytirish yoki modernizatsiya qilish rejalari, yangi mah­sulot ishlab chiqish prognozlari, sotish tizimida mo‘ljallanayotgan o‘zgarishlar va ularning sabablari aks ettiriladi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin