7
yangi tektonik harakatlarning navbatlashuvi juda muhim jarayonlar bo‘lib, geoparalar o‘rtasidagi
munosabatlar u yoki bu hudud maydonining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Markaziy tekkislik qismlari butun jarayonlar davomida sinklinal struktura sifatida
shakllanib, shuning bilan birga tog‘larning daryo va soyliklar keltirgan jinslarini to‘plovchi
maydonga aylandi. Bu jarayonlar goh dengiz, goh kontinental rejimga o‘tdi.
Paleozoy erasi davomida burmalanish harakatlari tufayli vodiy relefini shakllanishi uchun
morfolitogen asos yuzaga keldi. Atrofdan ko‘tarilib turgan tog‘larni yirik dengizning bir bo‘lagi
bo‘lgan suvlik o‘rab olib, orol shaklidagi ko‘tarilmalar qiyofasiga keltirdi. Markaziy qismi esa
to‘liq suv ostida bo‘lib relefining kontinental ko‘rinishi uchun hech qanday shakl-shamoyil asos
bo‘la olmas edi.
Butun mezozoy erasida ham tektonik harakatlar denudatsiya jarayonlarini keltirib chiqardi.
Mezozoy erasi davomidagi tektonik jarayonlar lokal holatda sodir bo‘la boshladi. Mezozoyning
boshlarida (Trias davri) lokal tektonik harakatlar faqat g‘arbiy Farg‘onada sodir bo‘ldi. YUra
davrida esa paleozoy jinslarini ustini yura davri jinslari qoplab oldi.
Vodiyning janubiy qismida ham yura davrida nisbatan bir muncha ko‘tarilgan strukturalar
hosil bo‘ldi. Mazkur davrlardagi tektonik qiyofa hozirgi holatiga nisbatan ancha yaqin
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ayni vaqtda Farg‘ona tizmasi Talas – Farg‘ona yorig‘i yo‘nalishidagi
bir yoqlama gorst (ko‘tarilma) shaklini oldi. YUra davrining
yotqiziqlari bu burmali
strukturaning asosiy tarkibini tashkil etadi va ular qizil rangli metomorfozalashgan jinslardan
tashkil topgan.
Quyi bor davrida Farg‘ona vodiysidagi yotqiziqlarning to‘planishi tufayli tekkislik qismi
qiyofasi o‘zgardi. Butun bo‘r davri ham Farg‘ona vodiysining tekkislik qismi uchun atrofdan
keltirilgan jinslarning yotqizilishi davri bo‘ldi. YUu jarayon sharqiy Farg‘onada
yaqqol
ifodalanib, Farg‘ona tizmasidan ko‘plab jinslarni olib ketilishi va tog‘ oldi allyuvial
yotqiziqlaridan iborat shag‘alli dalalar hosil bo‘lishi yuz berdi.
Tog‘ oldi yotqiziqlarining keyingi qayta yotqizilishi daryo va soyliklarning faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, L.B.Ruxin (1955) ning fikriga ko‘ra konus yoyilmalarining qadimgi ko‘rinishlari
yuzaga keldi. Ayni paytda paleoso‘x, paleoisfayram va paleoshohimardon soylari dastlabki
konus yoyilmalarini shakllantirdi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan butun bo‘r davri davomida
tektonik harakatlar yura davridagi ssenariylar asosida davom etdi. Quyi bo‘r davrida Farg‘ona
vodiysining janubiy, sharqiy qismida
tektonik harakatlar Qorachatir, G‘o‘zon va boshqa
strukturalarni hosil qildi. Bo‘r davrining oxirlariga kelib Farg‘ona vodiysida 2 ta tektonik
struktura yuzaga keldi.
SHarqiy qismida tor va chuqur tog‘ oldi depressiyasi, g‘arbida
keng va kam amplitudali
depressiya. Bu depressiya sinklinal tipdagi botiqdan iborat edi.
SHunday qilib Farg‘ona vodiysining mezozoy erasidagi tektonik rivojlanishi bo‘yicha
quyidagi xulosalarni qilishimiz mumkin:
1.
Epigersen platformasidagi Farg‘ona sinklizatsiyasining shakllanishi yura davriga to‘g‘ri
kelib YOrkent- Farg‘ona yoriq oldi cho‘kmasi intensiv bukila boshladi;
Dostları ilə paylaş: