2. Markaziy tarmoq.
Markaziy tarmoq tektonik strukturasini deyarli bo‘r davri yotqiziqlari qoplab olgan va ular
So‘x daryosining vodiysida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning ustini esa paleogen jinslari tashkil
etadi. Bo‘r davrining Baktriya va Massaget qatlamlari antiklinal strukturani yadrosini tashkil
qiladi. Ayniqsa, Massaget qatlamlari bir muncha katta (140-150 m) qalinlikka ega bo‘lib, qizil
rangli alevrolitlardan tashkil topgan. Markaziy tarmoqni tashkil etgan antiklinal strukturalarni
g‘arbiy qismini So‘x, o‘rta qismini Rishton va sharqiy qismini CHimyon uchastkalari deb
nomlanadi. O‘rta (markaziy) antiklinal strukturalar ustini paleogen jinslari qoplab olgan. So‘x
tarmog‘i So‘x daryosi vodiysida yaqqol ajralib turadi. Bu tarmoqda shimoldan janubga
yo‘nalgan CHo‘ng‘ora, G‘alcha, Oqturpoq antiklinallari joylashgan. Antiklinal strukturaning
Rishton tarmog‘i Rishton Sariqqamish quruq soyligi o‘zani sharqda To‘ytoq, Belchust soyliklari
bilan chegaralanadi. Rishton guruhidagi antiklinal strukturalar tuzilishi va geografik joylanishiga
ko‘ra 3 ta tektonik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi. SHimoliy Rishton, Sariqqamish, Belchust
strukturalari So‘x qatlamlaridan tashkil topgan, unin ichki qismlari paleogen va massaget
yotqiziqlaridan iborat.
Nayman – Achisoy antiklinal zonasi.
Mazkur antiklinal zona Qo‘qon sinklinal zonasidan kaynozoy yotqiziqlari juda qalin
bo‘lgan zona orqali ajralib turadi, bu zonani janubiy Farg‘ona fleksurasi deb ham nomlanadi.
Antiklinal zona janubi-g‘arbdan boshlanadi va bu er Nayman braxiantiklinali deb
nomlanadi. SHimoli-sharqda Achisoy burmalari guruhi bilan tugallanadi.
Nayman-Achisoy antiklinal zonasiga janubi-g‘arbdan, shimoli-sharqqa tomon yo‘naluvchi
Nayman, Tolmazor, Polvontosh, Xo‘jayomon, Andijon, SHaxrixon, Xo‘jaobod, Bo‘ston,
Janubiy Olamushuk, Oqmachit, CHang‘irtosh, Qoradaryo, so‘zoq, CHig‘irchiq, Achisoy
antiklinal strukturalarini kiritadi. Bu antiklinal strukturalar deyarli paleogen davrining baktriya
qatlamlaridan tashkil topgan.
Antiklinal zona hududida baktriya qatlami yotqiziqlari quyi qismida aksariyat
konglomeratlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning qalinligi 200 m gacha etadi. O‘rta qismini
alevrolitlar va kulrang qo‘ng‘ir tusdagi qumtoshlar tashkil qiladi. Baktriya qatlamlarining
maksimal qalinligi 1,5 km ga etadi. Nayman-Achisoy antiklinal strukturasida paleogen
yotqiziqlari 550 m ga etadi. (Polvontosh antiklinali). Bo‘r davri yotqiziqlari (O.A.Rijkov 1956)
glina va qumtosh, konglometrlaridan tashkil topgan.
12
Eng chekka g‘arbiy antiklinal Nayman-Achisoy strukturasida Nayman antiklinali
joylashgan. Tolmozor antiklinal strukturasining uzunligi 17 km, eni 2-4,5 km gacha cho‘zilgan.
Tolmozor antiklinal strukturasidan janubda Nayman strukturasi joylashgan. Uning tashqi qismini
Baktriya va So‘x yotqiziqlari tashkil etadi. Uning ichki strukturasini quyi bo‘r davri yotqiziqlari
tashkil etadi.
Nayman strukturasining Janubiy qanoti bir muncha tik Karkidon strukturasi hisoblanadi,
uning asosiy qismini So‘x yotqiziqlari tashkil qiladi.
Polvontosh antiklinal strukturasidan sharqda Andijon strukturasi, shimoliy sharqida
Andijon braxiantiklinali joylashgan. Andijon braxiantiklinal strukturasi ham juda murakkab
tuzilishga ega. Struktura markazida baktriya yotqiziqlaridan, kamroq massaget, chekka
qismlarida so‘x yotqiziqlaridan tashkil topgan. Antiklinal strukturaning uzunligi 20 km ni, eni 6
km ni tashkil etadi.
SHaxrixon antiklinal strukturasi kenglik yo‘nalishi bo‘yicha joylashgan bo‘lib, uning quyi
qismidan yuqori qismigacha Baktriya yotqiziqlari, chekka qismlarida esa So‘x yotqiziqlari
joylashgan.
Samgar antiklinal zonasi.
Samgar antiklinal zonasi N.P.Vasilkovskiy (1935, 1941), V.N.Ognev (1937), S.S.SHuls
(1948), A.I.Suvorov (1954)lar tomonidan atroflicha o‘rganilgan.
Ushbu zona Farg‘ona depressiyasining shimoliy qismida joylashgan va janubi-g‘arbdan
shimoli-sharqqa tomon cho‘zilgan. Antiklinal zona sharqda Namangan ko‘tarilmasi va g‘arbda
Digmay ko‘tarilmasi bilan tugaydi.
Samgar antiklinal zonasi Qurama tizmalaridan SHaydon-Peshqo‘rg‘on sinklinal zonasi
orqali ajralib turadi. Janubda Qo‘qon sinklinali bilan ajralib turadi. Bu zona Farg‘ona
depressiyasining bir muncha bukilgan qismi bo‘lib, uning zaminida 8-8,5 km li qoplama
yotqiziqlari bilan birga 10 km qalinlikkacha boruvchi jinslar bilan qoplangan.
Antiklinal zona xududida qadimgi jinslar ochilib qolgan joylarda massaget jinslari er
yuzasiga chiqib yotadi. Ularni tarkibida tuzli-gipsli qatlamlar ham uchraydi. Baktriya
yotqiziqlari ko‘proq terrigen jinslardan tashkil topgan, uning markaziy qismida so‘x yotqiziqlari
uchraydi, massaget qatlamlari bu erda 3,7 km gacha baktriya qatlamlari esa 4 km qalinlikka
etadi.
Antiklinal zonaning chekka g‘arbiy burmasi Digmay braxiantiklinali hisoblanadi. Uning
yuza qismini to‘rtlamchi davr jinslari qoplab olgan. Antiklinal zonaning yadrosida gipsli
qatlamlar bo‘lib, ularning uzunligi 30-35 km ni tashkil etadi. SHarqiy tomon yo‘nalishida Oqbel
antiklinali joylashgan bo‘lib, shimoli-sharqiy yo‘nalishni oladi. Bundan tashqari antiklinal
zonada CHust-Pop braxiantiklinali joylashgan. Braxiantiklinal strukturada So‘x, Massaget,
Baktriya qatlamlari uchraydi. Bu erdagi stratigrafik jihatdan eng qalin yotqiziq Quva qatlamlari
hisoblanadi. Bu erda eng katta maydonni (uzunligi 30 km) Baktriya yotqiziqlari tashkil etadi.
Farg‘ona vodiysida antiklinal strukturalar bilan birga monoklinal va sinklinal strukturalar
asosiy tektonik strukturalar hisoblanadi. Bulardan muhimlari 40-parallel sinklinal zonasi, Isfara,
Novqat, Qorasuv, Qo‘qon, SHaydon-Pishqo‘rg‘on, Nanay sinklinallari hisoblanadi.
Sulukta – Qoratog‘ antiklinal zonasidan janubda 40-paralellar yo‘nalishi bo‘ylab sinklinal
zona joylashgan va shuning uchun bu sinklinal zona 40-parallel sinklinal zonasi deb yuritiladi.
Mazkur zona sharqda Isfayram daryosidan boshlanadi va g‘arbga tomon Andarak daryosigacha
etib keladi. Ushbu zona 3 ta murakkab tuzilishdagi sinklinal zonadan iborat bo‘lib, ular: Laylak –
Isfara, Xaydarkon, Tomosha – Varux sinklinoriylaridan iborat.
Sinklinal botiqlarni tashkil qilgan jinslar Baktriya – So‘x yotqiziqlaridan iborat bo‘lib,
ularni kaynazoy molasslari deb nomlanadi. Tomosha sinklinalida quyi va yuqori bo‘rning
Baktriya va So‘x yotqiziqlari joylashgan bo‘lib, ularning qalinligi uncha katta emas Varrux
sinklinali uncha katta maydonga ega emas. Uning strukturasi kaynazoy yotqiziqlari va qisman
bo‘r davri yotqiziqlaridan tashkil topgan.
Keyingi sinklinal zona V.N.Veber (1934), N.P.Vasilkovskiy (1941), O.A.Rijkov (1942,
1944, 1948, 1951) va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Sinklinal cho‘kmaning shimoliy
13
chegarasi Qoratog‘-Qorachatir antiklinal zonasi hisoblanadi. Janubdan sinklinal zona Sulukta-
Qayroqtog‘ strukturalar zonasi bilan chegaralanadi. Mazkur sinklinal zona ichida Toshrovot,
Isfara, Ko‘kjar, Novqat sinklinal zonachalari ajratiladi.
Qorasuv antiklinal zonasi Qoratog‘-Qorachatir antiklinal strukturasining sharqiy qismi
bilan chegaralanadi. O‘sh shahridan sharqroqqa sinklinal zona 35-40 km kenglikni egallaydi.
Qorasuv sinklinal zonasining umumiy uzunlik 200-210 km ni tashkil etadi. Uning katta qismida
yuza yotqiziqlarini antropogen yotqiziqlar tashkil etadi. Uning pastki qatlamlarida yashirin
holatdagi antiklinal strukturalar joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |